Fuqarolarning huquq va erkinliklarini, sud tizimini belgilab beruvchi asosiy qomusimiz – Konstitutsiyamizning 30 yilligi yaqindir, azizlar.
Darhaqiqat, Konstitutsiya (lotincha constitution –“tuzilish”, “tuzuk”) davlat tuzilishi hokimiyati, boshqaruv organlar tizimini ularning vakolati hamda shakllantirish tartibi saylov tizimini belgilab beradi.
Konstitutsiya barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.
Konstitutsiya davlatchilik belgisidir. Davlat faoliyatining turli sohalarida Konstitutsiyaga amal qilishni nazorat etish oliy sud yoki konstitutsiyaviy sud zimmasiga yuklanadi.
Qomusimiz borki, biz mana shunday tinch, totuv, osoyishta qonunlari ustuvor yurtda yashayapmiz.
“Amir Temur tuzuklari” Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lgan.
Birinchi prezidentimiz Muhtaram I.A.Karimov rahbarligida 1990 yil iyun oyida tuzilgan komissiyaning mehnati natijasida Konstitutsiyaning 1-2-3-loyihalari ishlab chiqildi. To’la ishonch bilan aytish mumkinki, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiya xalqimiz siyosiy, huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir.
U hech kimga qaram bo’lmasdan erkin va ozod, tinch va osoyishta faravon yashashning qonuniy kafolati bo’lib kelmoqda.
Kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
Bu borada bizning 1- rus tili faniga ixtisoslashtirilgan maktabimizda ham ushbu ulug’ kunga bag’ishlab bellashuvlar, mushoiralar o’tkazilmoqda.
Rusiyzabon o’quvchilar Konstitutsiyamiz moddalarini yod olgan holda o’z bilimlarini boyitib bormoqdalar.
Konstitutsiyamizning 30 yilligi barchamizga muborak bo’lsin. Shunday ozod obod tinch faravon qonunlari ustuvor yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.
Iroda RAHIMOVA,
Qo’shko’pir tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining o’zbek tili fani o’qituvchisi.