Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari  ijodidan
Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari ijodidan

Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari ijodidan

349 marta ko'rildi

OMAD KELSA

Yo’ling to’sib qanotingni,

Qayirmoqchi bo’lsalar,

Xasad qilib do’stlaringdan ,

Ayirmoqchi bo’lsalar.

 

Sen yiqilsang atrofingda ,

Biror do’st yo’q bo’lar.

Omad kelsa atrofingda ,

Ko’rolmaslar ko’p bo’lar.

Asrorbek RUSTAMOV,

Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining

8-“A” sinf o’quvchisi.

 

ONA

Dunyoda yashayman shodon-u beg’am,

Yaratganlar to’rt mucham sog’lom-u bekam,

Olamni ko’rishga musharraf qilgan,

Onamni asragin ey qodir egam.

 

Jannat poyida deb yaratgan Alloh,

Meni har balodan etguvchi ogah.

Sarbaland qaddimni tutib turguvchi,

Onamni asragin sen Qodir egam.

 

O’ZBEKISTON

Farzand bo’lib maqtayman,

Dilband bo’lib maqtayman.

Shu o’lka suvin ichdim,

Xursand bo’lib maqtayman.

Onajon O’zbekiston,

Jonajon O’zbekiston.

 

Bog’i rog’ing ko’rkam,

Mustaqilsan hur o’lkam.

Mevaga kon mehrga kon,

Shukrona qilgaymiz har on.

Ozod o’lkam O’zbekiston ,

Obod o’lkam O’zbekiston.

 

BOYCHECHAK

U ochildi tong chog’ida,

Erka chechak, oy chechak.

Boychechak deb atadilar,

Gullar ichra kelinchak.

 

Qarab tursam ,u gunafsha,

Loladan ham suluvroq .

Bahor keldi deb chorlovchi,

Go’yo jajji qo’ng’iroq.

 

VATANIM

Ey vatanim osmon bo’lsang,

Men bir yulduz erurman.

Yoki ulkan ummon bo’lsang,

Men bir tomchi suvingman.

 

Quyosh bo’lsang bir zarrangman,

Daraxt bo’lsang bir mevang.

Ona bo’lsang men bolangman ,

Bajargum sen ne desang.

 

Aziza VALIYEVA,

Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining

8-“A” sinf o’quvchisi.

 

UKAM

 

Mening jajji ukam bor,

Mitti shumtakadir u.

Xusnixati chiroyli,

Maktabda a’lochi u .

 

Ukam bilan urushib,

Xafalashib qolamiz.

Oyim eshitib qolsa,

Tez yarashib olamiz.

 

Ukam bilan yarashib,

Birgalashib o’ynaymiz.

Inoq bo’lib har doim,

Bir birimiz shodlaymiz.

 

Mehribonman ukamga,

U ham mening g’amxo’rim.

Jigarlarim bilan shod,

Charogon bo’lar uyim.

 

Bonu YO’LDOSHYEVA,

Xonqa tumanidagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining

8-“A” sinf o’quvchisi.

Muqaddas ABDRIMOVA,

Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan