Yangi konstitutsiyaning – ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilishdagi o`rni
Yangi konstitutsiyaning – ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilishdagi o`rni

Yangi konstitutsiyaning – ekologik muammolarni hal etish, atrof muhitni himoya qilishdagi o`rni

254 marta ko'rildi

YANGI KONSTITUTSIYANING – EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH, ATROF MUHITNI HIMOYA QILISHDAGI O`RNI

Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiyettirishning mustahkam poydevoridir.

Yangi Konstitutsiyamizning loyihasida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda uni asrab-avaylash masalasiga alohida e’tibor berilgan.

Joriy yilning 25-iyunida eʼlon qilingan “Oʻzbekton Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga asosan bir qator ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bilan bogʻliq normalarni koʻrish mumkin.

Bunda, loyihaning 40-moddasida davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolboʻyi mintaqasining ekologik tizimini himoya qilish va tiklash, uni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish boʻyicha zarur choralar koʻrishi belgilanmoqda.

Shunindek, 401-modda ya’ni “Har kim sogʻlom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega boʻlish hamda oʻz sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega” degan yangi bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

Loyihaning 54-moddasida “Mulkdor mol-mulkiga oʻz xohishiga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak” ligi ko`rsatilmoqda.

Shu bilan birga, Konstitutsiya loyihasining 55-moddasini “Yer, yer osti boyliklari, suv, atmosfera havosi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat mulkida boʻladi. Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham boʻlishi mumkin. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar, oʻrmon fondi davlatga tegishli boʻlib, tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishi lozim va ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi” – deb toʻldirish taklif etilmoqda.

Rasulbek IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

yetakchi maslahatchisi

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan