Buyuk sulolaga asos solgan shoh va shoir Bobur
Buyuk sulolaga asos solgan shoh va shoir Bobur

Buyuk sulolaga asos solgan shoh va shoir Bobur

273 marta ko'rildi

    Mana necha yillarki buyuk sulolaga asos slogan turli go’zal fazilatlarga ega, maqtovga loyiq, shijoat va muruvvatpeshaligi bilan abadiy xotiramizda qolgan shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludini yurtimizda keng nishonlab kelmoqdamiz. Biz o’quvchilar turkiy she’riyatda Alisher Navoiydan keyingi o’rinda turgan Bobur mirzo she’rlari, g’azallari, ruboiylari, qit’a va tuyuqlarini yod olib, shoir yashagan davr qiyinchiliklari, boshidan kechirgan voqea-hodisalarni o’z ko’zimiz bilan ko’rgandek bo’lamiz.

Zahriddin Muhammad Bobur hazratlari haqida mashhurlar yozib qoldirgan ajoyib so’zlar va mushohadalarni o’qib hayratlanmasdan ilojimiz yo’q. Bobur Chig’atoy sultonlarining eng sarasi va shijoatlisi bo’lgan. U bunyod etgan davlat 332 yil davomida ma’lum va mashhur bo’ldi. Z.M.Bobur adolatli shohlikdan tashqari bahodir sipoh va iqtidorli ilm sirasidan bo’lgan. O’zi shohlik qilgan Hindistonda mazhab, tabaqa va boshqa ixtilofli masalalarga jiddiy qarab, hind va afg’on amirlari bilan doim munosib muomilada do’stona bo’lganlar. Hind xalqi urf-odatlariga hurmat bilan qaragan, adolatli hukmdor bo’lgan.

Bobur shuncha jang-u jadallarda yurib, Vatan sog’inchi, turli mojarolarni boshidan o’tkazsada hech vaqt o’zini yo’qotmaydi, balki kelajak uchun aql-farosat bilan ish tutdi. Bunday jonbozliklar qilgan shoh va shoirga bo’lgan muhabbatimiz yanada oshadi. Javoharlal Neru aytganidek,  bu dilbar shaxs hukmdorlik bilan birga san’atni, adabiyotni sevib, hayotdan huzur olishni bilgan. Nabirasi Akbarda shu xususiyat saqlanib qolgan edi. Mirzo Bobur so’z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o’zi ham sezardi. Shuning uchun umrining oxirida o’g’li Humoyunga  “Boburnoma” ni tugallab taqdim etganda unga bir ruboiy ilova qiladi:

***

Bu olam aro ajoyib olamlar ko’rdum,

Olam ahlidin turfa sitamlar ko’rdum,

Har kim bu “Vaqoyi”ni o’qir bilgaykim,

Ne ranj-u ne mashaqqat-u ne g’amlar ko’rdum

***

   “Boburnoma” Boburning bizga qoldirgan eng beqiyos asaridir. Biz avlodlar shoh va shoirning 12 yoshida taxtga o’tirib, yosh boshidan o’tgan g’am sitamlar, qiyinchilik bilan erishgan yutuqlarini asarda ro’yi-rost yozib qoldirgan. Bu memuar asar vatandoshimizga bo’lgan mehr-muhabbatni yanada oshiradi desak xato qilmaymiz.

Qunduzoy SHAMURATOVA,

     Gurlan tumanidagi 7-umumiy  o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan