Silga chalinish xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Silga chalinish xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Silga chalinish xavfini kamaytirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

266 marta ko'rildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 2019 yildagi statistikasiga ko‘ra, dunyoda bir yilda qariyb 10 milliondan ortiq kishi sil kasalligi bilan og‘riydi – ulardan 5,6 million erkak, 3,2 million ayol va 1,2 million bola.

Sil ( tuberkulyoz ) – o‘pkada kechuvchi og‘ir yuqumli kasallik, suyak, bo‘g‘im, ko‘z va boshqa azolarni shikastlaydi. Immuniteti zaif insonlar ko‘proq kasal bo‘lishadi.

Sil kasalligini keltirib chiqaruvchi omillar

( immunitetning pasayishi )

– noqulay ijtimoiy va ekologik hayot sharoitlari;

– to‘yib ovqatlanmaslik;

– alkogolizm, chekish, giyohvandlik;

– stress;

– hamroh kasalliklar ( diabet, oshqozon yarasi yoki o’n ikki barmoq ichak yarasi, o’pka kasalliklari ) va boshqalar.

Sil kasalligining qo’zg’atuvchisi – mikobakteryalar ( 1882 yilda nemis shifokori R. Kox tomonidan kashf etilgan Kox tayoqchalari ) atrof-muhit omillariga nisbat yuqori qarshilikka ega: qaynatilganda ular 5 daqiqada so’ng o’ladi, 600 C da 20 daqiqa davomida yashashi mumkin, ko’cha changlarida ular 10 kungacha saqlanib qoladi, suvda esa 5 oygacha yashashda davom etadi. Xlorni o’z ichiga olgan moddalar 3-5 soat ichida mikobakteryalarning o’limiga sabab bo’ladi. Bakteriyalar yuqori namlik sharoitida, turli xil narsalarda, shuningdek, mahsulotlarda, ayniqsa, sut mahsulotlarida hayotiyligini saqlab qoladi.

Kasallik oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:

  • ijobiy fikrlash;
  • zararli odatlardan voz kechish;
  • shaxsiy gigiyenaga rioya qilish;
  • vaksina qabul qilish;
  • xar yilgi flyuorografiya tekshiruvi;
  • uyda tozallikka e’tibor berish;
  • jismoniy faollik;
  • to’liq ovqatlanish tartibi;
  • toza havo va quyosh nuri;
  • bemor bilan aloqani cheklash.

Olmaxon Rahimova.

Xorazm viloyati ftiziyatriya va pulmanologiya markazi 6- bo‘lim  katta xamshirasi.

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan