Suyak tuberkulyozi kimlarga yuqadi?
Suyak tuberkulyozi kimlarga yuqadi?

Suyak tuberkulyozi kimlarga yuqadi?

306 marta ko'rildi

Tuberkulyoz kasalligi eng qadimiy kasalliklardan biri. Suyak tuberkulyozi haqidagi tavsiflar Gippakrat asarlarida, xususan Misr, Xitoy, Xindiston Gretsiya va Arab mamlakatlarining o‘tmishdagimanbalarida keltirilgan.

Suyak tuberkulyozi – mikobakteryalarni chaqiruvchi, suyak skeletining o‘ziga xos kasalligi xisoblanadi. Ushbu maqolada aynan suyak tuberkulyozining alomatlari, sabablari va davosiga to‘xtalib o‘tamiz.

Ushbu kasallik limfa gematogen yoki organizmga tashqaridan ( havo tomchi yo‘li, ichaklar orqali ) bakteriyalar kirib kelishi bilan yuzaga keladi.

Xavfli omillar:

Suyak tuberkulyozi asosan quyidagi omillar orqali rivojlanadi:

  • ijtimoiy xayot tarzi;
  • tanaga ortiqcha jismoniy yuklama;
  • tuberkulyoz kasalligining ochiq shakli bo‘lgan bemorlar bilan aloqada bo‘lish;
  • suyak va bo‘g‘imlarning shikastlanishi;
  • noto‘g‘ri ovqstlanish;
  • maishiy antisanitariya xolatlari;
  • tez – tez uchrovchi gipertoniya.

Alomatlari:

Mikobakteriyalar qon yoki limfa orqali suyak to‘qimalariga kirib, uzliksiz ko‘payishni boshlaydi . Ko‘p o‘tmay ular bir – biri bilan birlashadi va suyaklar mo‘rtlashishi rivojlanadi. Ko‘pincha kasallik umurtqa, son, tizza bo‘g‘imlariga ta’sir qiladi. Qolgan suyaklarda bu xolat kamdan – kam xollarda uchraydi.

Umurtqa pog‘onasidagi tuberkulyozi

Ushbu kasallikda – tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu bemorning nogironligi yoki falajligiga olib keladi.

Kasallik umurtaqaga ta’sir o‘tkazish bilan boshlanadi ko‘p o‘tmay yaqin atrofdagi deyarli barcha suyaklar tomon rivojlanadi. Bu orqa miya zararlanishi, dumg‘aza o‘sishi, ko‘krak va bel umurtqasining shikastlanishi kabi jiddiy asoratlarga olib keladi.

Kasallik 3 bosqichda rivojlanadi:

Ilk bosqichlarda bemorda zaiflik, tez charchash va dam olib o‘tirganda umurtqa sohasida noqulaylik kuzatiladi.

Bel sohasida tez- tez og’riq, xarakatda qayishqoqlikning qiyinlashuvi. Orqa mushaklarning doimiy ravishda taranglashishi, og‘riqdan bemorning yurishida o‘zgarishlar uni tez- tez dam olishga majbur qiladi.

Umum pog‘onasidagi o‘zgsrishlar, mushaklarning qattiq og‘rig‘i, ishtahaning yo‘qolib borishi, doimiy bel og‘rig‘i, boshqa a’zolarda asoratlar kuzatiladi.

Rivojlanish bosqichilari:

Tananing kasallik rivojlangan qismiga bosim o‘tkazilganda og‘riq paydo bo‘ladi. Oyoqning harakatga kelishi noxushlik tug‘diradi. Sog‘lig‘ini biroz yamonlashishi, charchoq, zaiflik, asabiylashish. Vizual tekshiruvda zararlangan sohada sezilarli o’zgarishlar kuzatilmaydi.

Subfebril  tana harorati, teri shilliq qavati tarang, shishgan va yaltiroq, achishish va qizarishlar mavjud. Bemor harakatlanganda chayqalishni boshlaydi. Isitma, terlash, xolsizlik, uyqusizlik, ishtaxa pasayishi doimiy tarzda kuzatiladi.

Mushaklar harakati qisqaradi.

Yuqoridagi shikoyatlar bilan murojaat qilgan bemorlarda quyidagi tekshiruv amaliyotlari o‘tkaziladi:

  • qon, siydik, balg‘am taxlili;
  • rentgenografiya, flyoragrafiya;
  • tomografiya tekshiruvi;
  • biokimyoviy taxlil;
  • bog‘imlarning rentgenologik tekshiruvi;
  • anamnez buyruladi.

Davolash:

Olingan taxlil natijalariga ko’ra, davolash sxemasi ishlab chiqiladi.

Bemor sog’lig’ini tiklash uchun uzoq va yoqimsiz davolanish jarayoniga moslashishi kerak.

Davolanish jarayoni orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:

Yuqumliligini to’xtatish;

Kasallikni suyak va bo’g’imlarda rivojlanishni sekinlashtirish;

Bemor tanasida immunitet tanqisligini to’ldirish.

Davolash avval shifoxonada, keyin uyda amalga oshiriladi. Terapevtik kurs kamida 1 yil davom etadi. Dori vositalari ikki qismga  ( asosiy va zaxira )ga bo‘linadi. Asosiy qismda bir vaqtni o‘zida 3-4 ta preparatni qo‘llash mumkin. Zaxiradagi dari vositalari asosiy dorilarga qoniqmagan taqdirdagina qo‘llaniladi. Jigar faoliyatini yaxshilovchi vosita albatta majburiy.

Shu bilan birga, tana zaharlanishini yo‘qotish uchun vitamin komplekslari va diyeta buyruladi.

Suyak deformatsiyasining oldini olish va yallig‘lanishni kamaytirish uchun oyoq harakatsizlantiriladi.

Tuberkulyoz kasalligi xavfli kasallik. Lekin bemor shifo topishga qat’iy qaror qilsa, shifokorning ko‘rsatmalarini aniq va o‘z vaqtida bajarsa, kasallik albatta orqaga qaytadi.

Feruza JUMATOVA,

Xorazm viloyati ftiziyatriya va pulmanologiya markazi

5- bo‘lim   katta hamshirasi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan