Natijalar e’tirofga loyiq
Natijalar e’tirofga loyiq

Natijalar e’tirofga loyiq

354 marta ko'rildi

Bugungi kun maktabi qanday bo‘lmog‘i kerak? Bu savolga javob berish uchun olim bo‘lish shartmas. Bugungi kun maktabi davlatimizning biz o‘qituvchi va murabbiylarga yaratib berayotgan keng imkoniyatlaridan foydalanib Yurtboshimiz ishonchini oqlaydigan bir so‘z bilan aytganda natijador maktab bo‘lmog‘i lozim.Haqiqatan ham bugungi kun maktabi ota-onalarning ishonchini oqlashi albatta natijador bo‘lishini davrning o‘zi taqoza etadi. Bu shu ma’nodaki maktab bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlariga ko‘proq o‘qishga kirsa, Respublika va halqaro miqyosdagi olimpiada hamda turli tanlovlarda yuqori o‘rin olsa, ota-onalarning e’tirofiga sazovor bo‘ladi.

Maktabimiz tumandagi Gulanbog‘ qishlog‘i “Vakillar”mahallasi xududida joylashgan bo‘lib, 560 nafar o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda Ta’lim maskanimizda o‘quvchilarning har tomonlama yetarli bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yetarli.Shinam va ozoda o‘quv xonalari o‘quvchilar ixtiyorida.Maktabda barcha fanlar bo‘yicha yetarli yuqori salohiyatli ta’lim fidoyilari-o‘qituvchilar mehnat qilishadi.

2019-2020 o‘quv yilida pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay maktabni 78 nafar o‘quvchi a’lo baholarga tamomlagan edi. Ana shu bitiriuvchilarimizning 48 nafari yoki 60 foizi oliy o‘quv yurtlariga kirish baxtiga muyassar bo‘lishdi. Shuni o‘zidan ham ko‘rinib turibdiki bilim maskanimizda ishga,ta’lim va uning sifat va samaradorligiga bo‘lgan munosabat nechog‘li yuqori ekanligini bilish qiyin emas.

Bitiruvchi o‘quvchilarning katta ko‘pchiligining oliygohlarga kirishi viloyatdagi umumta’lim maktablari orasida eng yaxshi natija ekanligidan rahbariyatimining ham biz o‘qituvchilarning ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. Sababi har bir qilingan ish natijasi bilan go‘zal.Albatta bu muvaffaqiyatlarga erishishda sidqidildan mehnat qilayotgan xamkasblarim 11 nafar boshlang‘ich ta’lim fani fidoyilarining hissalari salmoqli.Axir aytishadiku paydevor mustahkam bo‘lsa binoning umri uzun bo‘ladi.

Asdoydil qilingan mehnatlar beiz ketaydi, albatta.Jamoamizni yuqori natijalar bilan tabriklash uchun 2020 yilning 9 noyabr kuni maktabimizga Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tashrif buyurishi o‘quvchi va o‘qituvchilarimizning qalbida faxr tuyg‘ularini jo‘sh urdirdi.Ta’lim vaziri jamoamizni erishgan yuksak muvaffaqiyat bilan tabrikladi va 16 ta kompyuter jamlanmasi sovg‘a qildi.

Muvaffaqiyatlarga erishishning asosiy omili -bu mehnat.Mehnat bo‘lganda ham chin ko‘ngildan fidoyilik bilan qilingan mehnatdir.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish bilan birga o‘quvchilarning tarbiyasiga ham jiddiy e’tibor qaratilib borilishi lozim.Tarbiyaning asosi sinfda o‘tkazilayotgan tadbirlarning saviyasiga ham bog‘likdir.Tadbirlar orqali bolajonlarimiz vatanga bo‘lgan muhabbat, ota-onaga hurmat,maktabni,ustozlarni qadrlash kabi yukasak tuyg‘ular ular qalbidan joy oladi.Bu an’anaga maktabimizda juda ko‘p yillardan beri amal qilinib kelinadi.Har bir bayram va har bir allomalarimizning tavalludi sanalari yuqori saviyada keng nishonlanadi.

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA 5 TA MUHIM TASHABBUS

Bugungi kunda ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda.Ta’lim tizimida islohatlar jadallashtirilmoqda Yurtboshimizning pedagoglarni har taraflama qo‘llab-quvvatlayotgani qolaversa, intellektual salohiyatli kadrlarni kamol toptirish avvalo, maktabdan boshlanishi mas’uliyatni har qachongidan-da oshirgan holda mehnat qilishimizni taqozo yetmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchilarni boshlang‘ich sinflardayoq musiqa, rasm, qog‘ozdan turli buyumlarni yasash kabi o‘zlariga mos to‘garaklarga jalb yetganmiz. To‘garaklarga qatnashayotgan o‘g‘il-qizlarimiz oilada ham ota-onalari, aka-ukalari yordamida kasb-hunarlarni o‘rganishni davom ettirishyapti.

O‘quvchilarimdan Ra’noxon Mamedova, Kumishoy Qalandarova, Muxlisa Rajaboyeva,Marjona Ahmedova,Sharifa Marksova,Aslbek Ahmedov,Xudoshukur Xayitboyevlar doimo faol.Ular beshta muhim tashabbus bo‘yicha to‘garaklarga muntazam qatnashib hunar o‘rganishmoqda.

Qaysiki oilada ota-ona o‘z farzandlariga e’tiborli bo‘lsa bolalarning fanni ham, kasb-hunarni ham o‘zlashtirishi oson kechadi. Bu hayotda sinalgan usul.

QO‘SHIMCHA DARSLAR SAMARASI

Bugungi jadal o‘zgarishlar va yangilanishlar ta’lim-tarbiya sifatiga e’tiborni yanayam kuchaytirishni taqozo etmoqda. Avvalo, vatani, xalqi qolaversa, bola manfaatlari uchun xizmat qilayotgan o‘qituvchidan mutaxassis sifatida o‘z sohasini yaxshi bilishi, ijodkor bo‘lishi talab qilinyapti. Bu mening 31 yillik pedagogik faoliyatim davomida o‘zim amin bo‘lgan jihatlar.

Darvoqe, nafaqat darslar, mashg‘ulotlardan keyingi vaqtlarni ham to‘g‘ri rejalashtirgan holda faoliyat yuritish orqaligina orzu-maqsadimizga yetamiz.Ta’lim-tarbiya jarayoni markazida o‘quvchi shaxsi turar ekan, o‘qituvchi bolaning aqliy imkoniyati, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olishi zarur.45 daqiqalik dars faqat faol o‘quvchilarnigina qoniqtira oladi. O‘g‘il-qizlarning o‘zlashtirishini yuz foizga chiqarish uchun qo‘shimcha dars soatlarini tashkil etish kerak bo‘ladi. Fanga oid qo‘shimcha dars qanday o‘quvchilar uchun tashkil qilinadi? Bu savolga shunday javob berish mumkin:

1.O‘quvchining qiziqishiga qarab. Bunday maqsadda qo‘shimcha dars tashkil etish bu-fan to‘garaklariga a’zo qilish bo‘lib, bunda ular bilimlarini mustahkamlab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishadi.

2.Bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida. Bunday maqsadda tashkil qilingan qo‘shimcha darslarda test natijalaridan kelib chiqqan holda ish olib boriladi.

3.Bo‘sh o‘zlashtiruvchi bolalar uchun. Bunday o‘quvchilar uchun qo‘shimcha darslar tashkil qilishdan oldin, bo‘sh o‘zlashtirish sababi o‘rganiladi. Dars qoldirish, ma’lumotlarni qabul qilishni istamaslik, o‘yinqaroqlik, oilaviy ahvol kabilar. Bunday o‘quvchilar bilan haftasiga 2 kun bir soatdan vaqt ajratib, shug‘ullanmoq kerak.

4. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash maqsadida. Bunday maqsadda qo‘shimcha darslar tashkillashtirish maxsus reja va mukammal dastur talab qiladi. Iste’dodli o‘g‘il-qizlarni ijodiy ishlarga yo‘naltirish, ijod namunalari ko‘rgazmasini tashkil qilish, ularni monitoring natijalari asosida rag‘batlantirib borish zarur.

Men o‘z ish usulim orqali qo‘shimcha darslardan ko‘zlangan samarani olyapman.

Muhabbat MATYOQUBOVA,
Yangiariq tumanidagi 22-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan