Oʻquvchilardan umidim katta
Oʻquvchilardan umidim katta

Oʻquvchilardan umidim katta

473 marta ko'rildi

Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi va taʼsirchanligini oshirish, koʻp millatli xalqimiz oʻrtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, anʼana va urf-odatlarni keng targʻib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar lavozimi joriy etildi.Targʻibotchilar guruhi joriy yilning aprel oyidan ish boshlagan boʻlsalar shu qisqa davrda maktablardagi ijodkor oʻquvchilarni izlab topish va ularning ijodkorligini ragʻbatlantirishga bosh qosh boʻldilarOʻquvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ular oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tashkil etilayotgan Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchining asosiy vazifalarida kuyidagilar nazarga olingan.

  1. Ijodiy qobiliyatga ega boʻlgan oʻquvchilarni aniqlash va saralash bilan shugʻullanadi.
  2. Oʻquvchilarning ijodiy ishlari bilan muntazam tanishib boradi, ularga ijodiy jihatdan yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi.
  3. Ijodiy toʻgaraklar tashkil etadi va reja asosida mahorat saboqlarini olib boradi.
  4. Yorqin isteʼdodga ega boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan turli ijodiy tanlovlarga jalb qiladi, ularning ijodiy ishlarini adabiy nashrlarga, almanaxlarga tavsiya etadi.
  5. Isteʼdodli ijodkor oʻquvchilarni atoqli adiblar nomidagi ijod maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish orqali kelajakda ularning ijod maktablarida taʼlim olishlariga motivatsiya beradi.
  6. Oʻquvchilar oʻrtasida turli adabiy, ijodiy tanlovlar, festival va boshqa tadbirlar tashkil etadi.
  7. Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirish va kitob mutolaasini targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi.
  8. Taniqli yozuvchi va shoirlarni jalb qilish orqali umumtaʼlim maktablarida adabiy-badiiy kechalarni tashkil etadi.
  9. Oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara durdonalarini targʻib qilish orqali oʻquvchi-yoshlar ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlarni shakllantirish, yosh avlodni maʼnan barkamol etib tarbiyalash boʻyicha muntazam ravishda ish olib boradi.
  10. Badiiy adabiyot, ijodiy jarayonlarga qiziqtirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, tarbiyasi ogʻir bolalarning maʼnaviy-ruhiy holatini yaxshilashga yordam beradi.

Men ham maktabda ijodkor oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash ularga har tomonlama yordam, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish uchun harakat qilib kelyapman.Sentyabr oyidan boshlab “Iqtidorli yoshlar”toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻydim.unda tasviriy sanʼat va badiiy ijodga qiziqqan yoshlarga ijod sirlarini oʻrgatib boryapman. Oʻquvchilar ijodiy ishlarini almanaxlar va matbuotda yoritib borishga erishyapman.Tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha 6- sinf oʻquvchisi Sevinchoy Qurbonboyeva “Yosh saylovchi-2021 koʻrik- tanlovida ishtirok etib tumanda 1-oʻrinni egalladi.8-sinf oʻquvchisi Dinora Sultonovaning”Hayotimning bahori”deb nomlangan ilk sheʼriy toʻplami nashrdan chiqdi.Bulardan tashqari juda koʻplab oʻquvchilarimizning ijodlari “Maktab gulshani” jamoa toʻplamida nashrga berilgan.5- sinf oʻquvchisi Oysanam Sultonova va Xurshidabonu Nurullayeva kabi ijodkor qizlarimizning badiiy ijodga sheʼr yozishga qoʻllari ancha kelishib qoldi.Maktabimizda oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga ham alohida eʼtibor qaratyapmiz.Maktab kutubxonachisi bilan hamkorlikda turli xil tadbirlar oʻtkazib oʻquvchilarni kitob oʻqishga ishtiyoqlarini oshirishga erishdik.

Xulosa qilib aytganda maktabda ijodkor oʻquvchilarni koʻpaytirib kelgusida Muhammad Yusuflar, Zulfiyaxonimlar chiqishiga ishonaman. Yurtboshimizning biz targʻibotchilardan umidlari katta.Ana shu ishonchni oqlash uchun astoydil harakat qilamiz.

Sohiba JUMANIYOZOVA,

Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi 9- umumiy oʻrta taʼlim maktabida ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi.

 

BAHOR

 

Yurtimga keldi bahor,

Eridi barcha muz, qor.

Seni kutdik intizor,

Gul chechagimsan bahor.

To`ldi suvdan ariq, soy,

Kelganing-chun  bahoroy.

Adirdan gul-lolalar,

Tering endi bolalar.

Fasllar kelinchagi,

Yoz, kuz, qishdan boshqacha.

Maza qilib do’stlar-la,

O’ynaymiz biz qishgacha.

O`rik gullabdi oppoq,

Adirlar yashil o’tloq.

Navro’z kelib elimga,

She’rlar keldi dilimga.

Shamol ham esar mayin,

Bahor kelgani sayin.

Har faslning shashti bor,

Har faslning gashti bor,

TO`RT FASL

Tabiatda to’rt fasl,

Bahor yoqadi ko’proq.

Yoz ham ajoyib ammo,

Unda kunlar issiqroq.

 

Kuz fasli ham o`zgacha,

Xuddi oltin baliqcha.

Eng oxirgi fasl qish,

Unda faqat dam olish.

TILAK

Tug`ilgan kun muborak,

Tabriklayman ming bora.

Shu tug`ilgan kuningda,

Orzularingni so`ra.

 

Har tug`ilgan kuningda,

Orzularing ushalgay

Tilak va istaklaring,

O`sha kun bajo bo`lgay.

Dinora SULTONOVA,

Bog’ot tumanidagi 9- umumta’lim maktabining 8- sinf o’quvchisi.

 

 

TAVALLUD KUNINGIZ BO’LSIN MUBORAK!

 

Mehrli insonsiz aziz insonim,

Sizga fido bo’lsin tandagi jonim.

Yangi tong tiladim sizga bir tilak,

Tavallud kuningiz bo’lsin muborak!

 

Yaqinlarim ichida qalbi ummonim,

Hech kimga o’xshamas ilk qadrdonim,

Sizni qo’llab tursin  parvardigorim,

Tavallud kuningiz bo’lsin muborak!

 

Xurshidabonu NURULLAYEVA

Bog’ot tumanidagi 9- umumta’lim maktabining 5- sinf o’quvchisi.

 

ONAJONIM

Mehrini ayamagan,

Biz uchun yonib kuygan,

Jonini ham qiynagan,

O’zimning onajonim!

 

O’zi yemay yedirgan,

Oq yuvib oq taragan,

Yaxshilikni tilagan,

O’zimning onajonim!

 

Ishlayverib tinmagan,

Kiyintirib yasatgan,

Hech kimdan kam qilmagan,

O’zimning onajonim!

 

Ona mehridir ummon,

Ham g’amxo’r-u mehribon,

Men uchun aziz inson,

O’zimning onajonim!

 

 

Oysanam SULTONOVA.

Bog’ot tumanidagi 9- umumta’lim maktabining 5- sinf o’quvchisi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan