Oila-muqaddas  dargoh
Oila-muqaddas  dargoh

Oila-muqaddas  dargoh

522 marta ko'rildi

Oila-muqaddas

Ma’lumki, oila jamiyatning bir ko’rinishi  bo’lib, u qancha inoq, ahil, mustahkam bo’lsa shunchalik qudratli bo’ladi jamiyat uchun ahamiyatli bo’lgan ota-ona va bola, er-xotin,  oiladagi kishilarning o’zaro munosabatlari bilan bog’liq muammolar aynan oilada yuzaga keladi. Men psixolog bo’lib faoliyat yuritgan chog’larimda   4-16 guruh bilan dars jarayonida edim,davomat olayotgan xodimamiz  tekshiruvchilar keldi deb ulgurmasidan sinfxonasining eshigi taqillab ,ishchi guruh darsga ijozat so’rashdi.Ular orasida tuman oila markazi rahbari Matyoqubova Sarabibi Idirovna ham bor edi.Ustoz o’quvchilardan qaysi dars ekanligini bilgach,ular bilan qizg’in suhbat qurdi.Orada o’quvchi qizlarga shunday savol bilan murojaat qildi:’’Siz akangizga  shim kiygan,qah-qah otib kulgani olamni buzadigan qizni kelin qilarmidingiz?’’-degan savolga  o’quvchi-qizlar jo’r ovozda-‘’yo’q’’-deya javob qaytarishdi. Bu savolni o’zlari xulosaladi.Har  darsimda  oilaning muqaddas dargoh ekanligini o’quvchilar ongiga singdirib, oila buzish uchun, ajralish uchun tuzilmasligini o’quvchilarga bot-bot uqtirardim. Zardushtiylik dinining qadimiy kitobi- “Avesto”da ham hatto oila muqaddas dargoh ekanligi oilaning mustahkamligi uchun er va xotin barobar-birday mas’ul ekanligi sharhlangan. Oila tinch bo’lishi nimaga bog’liq ekani haqida shunday yozilgan: “Porsa, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o’rin ajratib bersa, uyida noz-ne’matlari muhayyo bo’lib xotin va farzandlari farovon yashasa, uyida e’tiqod, sobit olovi alangali boshqa narsalari ham mo’l-ko’l bo’lsa, o’sha manzil muhtaramdir”.Ko’rinib turibdiki,zardushtiylik davridanoq oilaviy masalalar,ayollar haq-huquqini himoya qilish, oilaning jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlash azaldan ilgari surilgan.Bugungi kun nuqtai nazardan olsak ‘’Har bir oila muqaddas’’ shiori ostida huquqiy kafolatlangan Qonstitutsiyaning  63-moddasida ‘’Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida.Nikohtomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanadi’’.Hukumatimiz tomonidan 1998-yilni ‘’Oila yili’’deb e’lon qilinishi,15-mayning  oila kuni sifatida qaralishi , hududlarda oilaga xizmat qiluvchi turli maslahatxonalarning  tashkil etilishi,oila qurish ostonasidagi yoshlarga  oila xususida  o’quv mashg’ulotlari olib borilishi kabi harakatlar maqsadi oilani mustahkam qilish,ajrimlarni oldini olishdir,chunki bir oila darz ketsa qanchalik salbiy holatlar paydo qiladi.Bugungi kun yoshlari oila qurishga tayyormi?,ota-ona farzandni yetarlicha nazorat qila olyapmizmi?,oilada muloqot jarayoni qoniqarlimi? kabi savollar talaygina.Shunday ekan o’g’il yoki qiz oilaga dastlab sog’lom bo’lishi bilan birga iqtisodiy va ma’naviy tomondan ham tayyor bo’lishlari oila mustahkamligini ta’minlaydi.Chunki  nosog’lom  muhitda, nizo-janjalli, mehr –oqibatsiz muhitda shakllangan bola ,bora-bora xavfli odamga  aylanishi mumkin.Yusyf  Xos Xojib aytganidek ’’Agar  bolaning  xulqi  yomon bo’lsa,bolaning aybi yo’q hamma ayb ota-onasida’’.

Biz hozirda qaynoq internet olamida ,mobil  vositalar  dunyosiga  sho’ng’idik, bir kunimiz yo’qki telefonsiz,kompyutersiz o’tgan.Shunday vositalardan to’g’ri foydalanmaslik oqibatida ayrim oilalar muqaddasligini  yo’qotmoqda.Oiladagilarning bir-birini to’liq tushunishlari o’zlarini baxtli his qilishlarini aks ettiradi.Har bir shaxs oila qurgach,uning ijtimoiy mavqeyi o’zgaradi.Endi u ‘’uylanmagan yigit’’yoki ‘’turmushga chiqmagan qiz’’emas ‘’oilali’’ odamdir.Endi yigit faqat o’g’il emas,kuyov, umr  yo’ldosh , ota kabi mavqega ega ,qizlar esa , kelin ,umr  yo’ldosh,ona bo’ladilar.SHu ma’suliyatni  vijdonan  his qilgan holda har bir oila egasi ‘’Men uchun oilam muqaddas ‘’ deb yashashi  lozim.’’Oila qasri’’ning mustahkamligi nikohgacha bo’lgan omillar to’g’ri tanlanganiga bog’liq.

Avval  g’ishtin qiyshiq qo’yarkan me’mor,

Yulduzga yetsa ham qular bu devor.

Shoshilib, noo’rin qurilgan oila darz ketmasa-da,unda yashovchilarga xotirjamlik,quvonch baxsh etaolmas ekan,ular doim qandaydir xavotirda,noqulaylikda yashashlariga to’g’ri kelarkan.Oilada erkak kishi oila boshlig’I,oilaning  moddiy  ehtiyojlarini murosa qiladi,ayol esa oila saranjomligi,intizomidir.Xalqimizda  shunday  ga bor  ’’ Oshsiz  uy  bo’lishi mumkin, lekin nizosiz uy bo’lmaydi’’ bunday nizolarni oqilona hal qilgan juftliklar o’z oilasini asraydilar .Er-xotinning urushi doka-ro’molning qurishi shu naqlga amal qilib, uchinchi shaxslar  aralashib nizolar chuqurlashib,ajratuvchi nizoga aylanmasin chunki, oila –muqaddas dargoh!

Oila muqaddas

Umr yo’ldosh bo’lar bir-biriga mos,

Yolg’iz yashash yolg’iz Alloxga xos,

Muhabbat o’rnin olmasin qasos,

Hayot- maktab, berar o’zi dars,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

 

Er so’zlasa bo’lmasin quloq kar,

Talab qilmang ortiqcha zebu zar,

Do’ppi topilar omon bo’lsa sar,

Oilangizdan chiqmasin janjal sas,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

 

Nasib bo’lsin farzandlar kamoli,

Qiziqtirmasin o’zga jamoli,

Kelinning bo’lar boshda ro’moli,

Bo’lmasin uyda hatto harom has,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

 

Odam ota -Momo Xavo- oila,

Goh mos emasmush qashshoq boy ila,

Kumus to’y, oltin to’y berganlar qoyil-a!

Yasha juftingla to so’nggi nafas,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

 

Buzmang birovning oilasin,

Yetim qilmang go’dak bolasin,

Dushman qilib amma-xolasin,

Ajralish uchun keltirmasin  nas,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

 

Tunov kelgan ovsin g’iybat sizgamas,

Qaynog’a o’zin eplasin dastlab ,

Qaynsingillar burmasinlar lab,

Oila vatan, emas qafas,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

 

O’rtalarda bo’lmasin nizo,

Kim yomon bo’lsa tayin jazo,

Foniyda omonat har nafas,

Hurmat-ishonchga qilsinlar havas,

Nikoh aziz, oila muqaddas.

Dildora  TOJIYEVA,

Qoʻshkoʻ pir tumanidagi 1-umumta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha

targʻ botchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan