Sadako  Sasaki
Sadako Sasaki

Sadako Sasaki

503 marta ko'rildi

    SADAKO  SASAKI

      Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli urushlardan hisoblanadi.Urushning yaxshisi,tinchlikning yomoni bo‘lmaydi.Jang natijalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar,urushda yetkazilgan ma’naviy zararni hech qachon tiklab bo‘lmasa kerak.Bunga yapon qizi Sadako Sasakining ayanchli taqdirini misol tariqasida aytish mumkin.

AQSH dunyoga o‘z kuch-qudratini namoyish etish maqsadida 6- va 9-avgust kunlari Yaponiyaning Xerosima hamda Nagasaki shaharlariga eng dahshatli qurol- atom bombasi tashladi.O‘zining bu harakatini Yaponiyani tezroq taslim bo‘lishga majbur etish bahonasi bilan oqlashga urindi.Atom bombasi eng dahshatli qirg‘in quroli.Bu bomba portlaganida ro‘y beradigan to‘lqini imoratlarni ag‘darib tashlaydi.Undan tarqaladigan nur esa havoni,suvni va yerni zaharlaydi.Ming-minglab odamlarni halok qiladi.Buning ustiga ,atom bombasi tarqatadigan nur(radiatsiya) uzoq vaqtgacha o‘zining halokatli ta’sirini ko‘rsatib turadi.

Yaponiyaning Xerosima shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Sadako Sasaki ismli qizcha yashardi.Bomba portlagan paytda Sadako ikki yoshda edi. Sadakoning tanasi kuymagan bo‘lsa ham,9 yil o‘tgach Sadako kasallandi.Shifokorlar uning qon saratoni kasali bilan xastalanganligini aniqlab,uning bir yillik umri qolganini aytdilar.Bu kasallik 1945-yilda Xerosima shahriga tashlangan atom bombasi nurlarining asorati edi.Sadako o‘zini o‘lim kutayotganini bilar edi.

  Sadakoning Tidzuko ismli do‘sti doimo xabar olib tarardi.Bir kuni Tidzuko Sadakoga Yaponiyada muqaddas  hisoblanuvchi turna qushi haqida so‘zlab beradi.Yaponlar turna 1000 yil yashaydi,agar kasal odam qog‘ozdan 1000 turna yasasa,u tuzalib ketadi,deb ishonar edilar.

Sadako shu kundan boshlab 1000 dona turna yasashga kirishdi.Biroq u 644 dona turna yasashga ulgurdi.Sadako vafot etdi,uning sinfdoshlari qolgan 356 ta turnani yasab,1000 dona turnani Sadako bilan birga dafn etdilar.Sadako atom bombasining yagona qurboni emas edi.

Yaponiya bolalari Sadako xotirasiga yodgorlik o‘rnatish uchun uch yil davomida zarur pulni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldilar.

Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik “Bolalar tinchlik haykali” deb ataladi.U  Xerosimadagi Tinchlik hiyoboniga o‘rnatildi va yodgorlik toshiga quyidagi so‘zlar o‘yib yozib   qo‘yildi:

Bu bizning ko‘z yoshimiz,

Bu bizning dunyomiz,

Dunyoga – tinchlik.

Ha,shunday.Dunyoga tinchlik kerak.Shundagina Sadakoning taqdiri takrorlanmaydi.Shundagina odamlar boshpanasiz,farzandlar ota-onasiz yetim bo‘lib qolmaydilar.Ota-onalar o‘z farzandlaridan judo bo‘lmaydilar.

Agar yangi urush bo‘lsa,avvalgisidan ham dahshatli qirg‘in va vayronagarchilik ro‘y beradi.Binobarin,davlatlar va davlat arboblari kelajak haqida qayg‘urishlari,urush bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.

Kamola DUSCHANOVA,

  Qoshkopir tumanidagi 2- umumiy  orta talim maktabining   тarix fani oqituvchisi,

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan