Shogird o’tinchi
Shogird o’tinchi

Shogird o’tinchi

294 marta ko'rildi

…Shogird yuragida borini,qalbi qoʻrini,hislari joʻsh urgan tugʻyonlarini ortiq yashira olmadi.Gup etib qalb sandigʻi ochildi-yu, yurakdagi dard-u isyonlari chil-parchin boʻldi.Endi uning dard bitilgan ashʼorlari ortiq ichiga sigʻmaydi…Ilojsiz yozdi yozmaslikning iloji yoʻq.Bilib,koʻrib, yonib turib jim turish…Bu dahshat….

Yozdim. Hali gʻoʻrman bilaman, ancha ishlashim kerak, shuni bilsam-da yozdim. Ustozimni oldiga shoshdim.Avvalambor yaratganning qudrati.Alloh menga yoʻl koʻrsatdi. Qirq uch yoshimda menga shunday ustoz uchradi.Salom alikdan soʻng u:

-Xoʻsh, keling,-dedi ustozim.

-Mana ustoz keldim, yozganlarimni olib keldim,-dedim ustozimga moʻltirab.Ustoz koʻzoynagini xiyol burni ustiga qoʻndirib yozganlarimni koʻra boshladi.Sabrni sakkiz qilib kutaman,ishqilib maʼqul boʻlsin-da ustozga xayolimdan oʻtkazaman.

Axir men shoir emasman,shunchaki yurak amri bilan yozilgan satrlarim. Uyqumni buzib, kel deb meni tortqilagan ilhom kuychisi, farishtam keltirgan tortiqlari bu….

-Ha, mana bu qatordagi soʻzni oʻrniga mana bu soʻzni qoʻying,-dedi ustozim, ruchka bilan soʻzni tagiga chizib.Seskanib tushdim xayollarim parishon boʻldi.

-Mana shu soʻzni qoʻysangiz yanada maʼnosi jarangdor chiqadi.Axir ustozda xatomni avaylab tuzatadi.Men mayli deyman, toʻgʻri tushunaman. Ammo sheʼrimni tuzatishga, soʻzlar oʻrniga yangi soʻz qoʻyishga qiynalaman.

Oʻzgartirish qiyinmas, soʻz koʻp, ammo…

Ustozim meni kechiring.Kichkina jussamdaㅤqanchadan qancha dard, yuk bor. Bilmaysiz men dardimni birovlarga aytishni, ular menga achinib qarashlarini hohlamayman.Yurish turishimdan menga chetdan qaragan odam kibrli, kekkaygan xonim deb oʻylashsa kerak.Yoki menga shunday tuyuladimi bilmadim. Bunday deyishimga sabab meni yurish turishimdan, kiyinishimdan shunday oʻylashsa kerak deb oʻylayman. Lekin mening bilan bir qur suhbatlashgan insonning fikrlari ijobiy tarafga oʻzgargan.

Xullas, Allohim har kimni oʻzining dardi, oʻz baxti bilan sinagan,ham siylagan.

Allohimga behisob shukr!

Sheʼrlarimdagi har bir soʻzni oʻzgartirganimda, har satrdan kechirim soʻrab, zor-zor qiynalaman. Yigʻlayman ishonasizmi?

Har bir qalb qoʻrimdan, ilhom bogʻidan tergan satrlarim.Bu yu-

ragimni bir boʻlagi.Qani tanangizdan bir tishlam uzib koʻring-chi? Xayolingizga ham keltira olmaysiz.Jon shirin…Ammo toʻgʻrilashim kerak,har bir ishning qonun qoidasi boʻlganidek,s heʼriyatning ham qonun qoidalari bor.

Ammo qalb tubidan otilgan,otash kabi issiq oʻzimga qadrli soʻzlarim, sizlarni oʻrningizni naqshinkor orolangan soʻzlar bilan almashtiraman.

Ammo sizlar bari bir birinchisiz,birinchilikda esa gap koʻp.

 

Zumrad JUMAMURODOVA,

Qoʻshkoʻpir tumanidagi 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan