Ogahiy mohir tarjimon sifatida ham o‘zidan yaxshi nom qoldirgan shoirlardan biridir.U tog‘asi Munis tugallay olmay ketgan Mirxondning “Ravzat us-safo” asarining 2-3 jildlarini, Muhammad Mahdixonning “Nodirnoma” (5 jild), Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Yusuf Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin Ahmad Haraviyning “Taboqati Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzat us-safoi Nosiriy” nomli asarlari, Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, Husrav Dehlaviyning “Haft Bihisht”, Muhammad Vorisning “Zubdat ul-hikoyat”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, “Salomon va Ibsol”, “Bahoriston”, “Xaft avrang” asarlarlari, Badriddin Hiloliyning “Shohu gado”, Vosifiyning “Bado’e ul-voqoye” kitoblarini, Kaykovusning falsafa va ahloq masalalariga bag‘ishlangan “Qobusnoma” asarini, Husayn Voiz Koshifiyning “Ahloqi Muhsiniy”, Imomiddin Fijduvoniyning “Mifot ut tolibin” kitoblarini fors tilidan o‘zbekchaga mahorat bilan tarjima qilgan.
Ogahiy o‘zidan oldin yashab o‘tgan shoirlarning asarlarini fors tilidan tarjima qilgan bo‘lsa yurtdoshimiz shoir va tarjimon Matnazar Abdulxakim shoirning forsiy tilada yozilgan asarlarini zo‘r maxorat bilan tarjima qiladi.Masalan uning “Bahor”radifli g‘azaliga e’tibor beraylik.
Aylabon bo‘ston sayriga chiq,guluzor kelmish bahor,
Aylabon ming-ming tarovat oshkor,kelmish bahor.
Dashtga fayzu- bog‘-u bo‘stonlarga ham ziynat berib,
Bu jahonni qilmish-u jannat shior kelmish bahor.
Bahor go‘zalligini shoir nihoyatda chiroyli tasvirlaydi.Bahorni bog‘-u bo‘stonlarga ziynat berishni.tabiatga,ming-minlab tarovat olib kelishini tarannum etadi.
Matnazar Abdulxakim Ogahiyning 280 dan ortiq baytni tashkil etuvchi 20 ta ta’rix janrga oid she’riy asarini ustalik bilan tarjima qilgan.
Surayyo XUDOYBERGANOVA,
Bog‘ot tumanidagi 26- umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.