Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

625 marta ko'rildi

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI FANINI O’QITISHDA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  darslarida  interaktiv  metodlardan  foydalanish  o‘quvchilar faolligini  oshirishga,  bilim  olishga  ijodiy  yondashuv  ko‘nikmalarini  shakllantirishga  olib keladi.  Shuningdek,  pedagogik  texnologiyalar  o‘quvchilarning  o‘z  qobiliyati  va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga imkon beradi, jamoa bilan ishlashga mahoratni shakllantirib ularda turli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish mahoratini shakllantiradi, o‘z faoliyatining natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi, muammolarga diqqatni jamlay olish, o‘z bilimlarini yangi sharoitlarda, yangicha vaziyatlarga ko‘chirish malakasini shakllantirishga yordam beradi.

Olib borilgan izlanishlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, boshlang‘ich ta’limga pedagogik texnologiyalarni  tatbiq  etish  ta’lim  samaradorligi  va  ta’sirchanligini  oshirib  o‘quvchilarning bilim olishga intilish motivlarini rivojlantirmoqda. Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo, darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini  tuzishda  o‘qituvchi  o‘zining  ish  shakllari  va  o‘quvchilarning  ko‘nikmani  egallash jarayonidagi  faoliyati  doirasini  aniq  belgilab  olish  lozim.  Bunda  ko‘proq  interaktiv  usullarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi.

Ma’lumki,  boshlang‘ich  sinflarda ingliz  tili  darslarida  o‘yin  texnologiyalari  faoliyat ustuvorligiga  ega  bo‘lib,  bolaning  ruhiy  jihatdan  rivojlanishini  bir  qadar  tezlashtiradi.  O‘yin bolalar  yaxshi  o‘zlashtira  oladigan  faoliyat  hisoblanib,  bu  faoliyat  jarayonida  ular   o‘qishga, mehnatga,  badiiy  ijodga  oid  hayotiy  muammolarni  tezda  ilg‘ab  oladilar.  Tadqiqotlardan ma’lumki,  o‘yinli  vaziyatlardan  maqsadli  foydalanish  g‘oyasi  ilg‘or  va  samaralidir.  Turli yoshdagi  odamlar  faoliyatini  o‘yin  tarzda  tashkil  etish  va  kasb  mahoratini  takomillashtirish tajribasi  pedagogika  fani  uchun  yangilik  bo‘lmasada,  o‘yinli  didaktik  jarayonni  loyihalash texnologiyasi    yetarlicha  ishlanmagan.  Mavjud  adabiyotlarda  o‘yinning  ishbilarmonlik,  rolli ishlab chiqarish, tadqiqotchilik va o‘qishga oid turlari mohiyati va mazmuni uchrab turadi, biroq ular  o‘yinga  qo‘yiladigan  asosiy  talablarga  javob  bermaydi,  ya’ni,  o‘yin  jarayonining kuchaytirilgan  va  turg‘un  motivatsiyasi,  o‘yinning  asosiy  bosqichida  ishtirokchilarning muvaffaqqiyatga erishishi va qanoat hosil qilishi bilish faoliyatini maqsadli boshqarish hamda o‘yin so‘ngida faoliyati o‘zlashtirish sifatining ta’minlanishiga erishish.

O‘yin-mehnat  jarayonida  bolalar  atrofdagi  olam  to‘g‘risida  chuqurroq  tasavvurga  ega bo‘ladi, ushbu jarayonni harakatlarning umumiy ko‘rinishini o‘rganadilar. O‘quvchilarda hozirgi kunda  ko‘proq  dolzarblik  kasb  etayotgan  konstruktiv  tafakkur,  induktiv  va  deduktiv  bilish ko‘nikmalari rivojlanib boradi.

O‘yin  turlarini  tanlash  bevosita  o‘quvchilar  yoshiga  bog‘liq  ekanligini  ta’kidlash  joiz.  Misol uchun, yetti yoshli bolalar uchun o‘yin mazmun jihatdan ahamiyat kasb etmaydi, balki u larga ba’zi bir “mas’uliyatli” topshiriqlar berilishi lozim: bayroqni olib kel, do‘stingni yonida tur va hokazo.  O‘yinning  asosiy  vazifasi  darsni  tashkil  etish  shakli  sifatida  bolalarni  bilishga  oid faoliyatiga  jalb  etishdir.  Shu  boisdan  “Xayoliy  orol”ga  sayohat,  multifilmda  sevgan qahramonlarining harakatlarini kuzatish, topishmoqlar aytish, bolalar bayramlari kabi o‘yinlar bola shaxsiyati mazmunini ochib berishga, uning faoliyatini rivojlantirishga, umumiy qiziqish va fikrlar mushtarakligi asosida ularni jipslashtirishga imkoniyat beradi.

Mavzuli –  rolli o‘yinlar o‘quvchilarning mustaqil yoki kattalar yordamida ijtimoiy tajribani milliy obyektni, hayotiy va badiiy taassurotlar asosida ijodiy tafakkurni yaratish faoliyatidir. Bu faoliyat natijasida bolalar  ichki fikrlash, xayol surish va boshqa axloqiy sifatlar tarkib topadi. Buning uchun bola yoshiga xos kichik hajmdagi hayotiy mavzular sahna ko‘rinishida ijro etiladi. Misol  uchun,  “Bozor”  sahnasini  ijro  etish  bilan  o‘quvchilar  yangi  iqtisodiy  tushuncha  va

munosabatlarga  (xaridor,  sotuvchi,  narx,  savdo,  qiymat,  pul  va  boshqalar)  duch  kelishadi  va ularda iqtisodiy ong va tadbirkorlik ,ishbilarmonlik xislatlari shakllanadi. Bulardan tashqari o’quvchi bozordagi mahsulatlarning inglizcha nomini ham bilib oladilar.

Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishida, ularni bilishga undashda bir necha afzallikarga ega. Bu o‘yinlar o‘qituvchi-  tarbiyachi tomonidan o‘quv-tarbiyaviy maqsadlar uchun maxsus  tashkil  etiladi.  Foydalanayotgan  materiallar  turiga  qarab  didaktik  o‘yinlar  predmetli-didaktik  o‘yinchoqlar  va  materiallar;  mantiqiy-“qiziqarli  sayohat”,  “labirint”,  so‘zli-  o‘yin: topishmoqlar, masallar, o‘yin-sayohatlar kiradi.Harakatli  o‘yinlar  bolalarni  tarbiyalashda  muhim  vosita  sanaladi.  Ular  har  doim  o‘yin ishtirokchilaridan faol sensorli va harakatlarni o‘rnatilgan maqsadga  erishish uchun bajarishni talab  etadi.  Musobaqa  tarzida  tashkil  etilgan  bu  tur  o‘yinlar  bolalarda  ijodkorlik,  epchillik, tezkorlik, zehnlilik kabi sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.Lekin,  boshlang‘ich  ta’lim  amaliyotida  zamonaviy  pedagogik  texnalogiyalarni qo‘llashda quyidagi muammolar ham kuzatilmoqda, ya’ni:

–  ayrim o‘quvchilar nazariy jihatdan pedagogik texnologiyalar haqida aniq tasavvurga ega emas;

–   ular interfaol usullarni an’anaviylardan ajrata olishda qiynalmoqda;

–  o‘z  amaliyotida  faqat  bir  yoki  ikkita  texnologiyalardan  foydalanadi  hamda  ularni  qoidasiz

qo‘llaydi(masalan, “Aqliy hujum”ni oddiy suhbatga o‘xshatdi, kichik guruhlar o‘rniga sinfdagi 3  qator  ishlatadi),  o‘quvchilarni  joylashtirishda,  shakllarni  tanlash  masalasida  qiynaladi  va hokazo.

Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun maktabda quyidagi ishlarni amalga oshirishni tavsiya etamiz:

–  o‘qituvchilar uchun uslubiy seminarlarni kengroq uyushtirish, unda pedagogik texnologiyalar, ularning turlari haqida muntazam bilim berish;

–  o‘qituvchilarning o‘zaro darsga kirishini, tajriba almashishni tashkil etish;

–  ular  o‘rtasida  ommaviy  axborot  vositalarida  pedagogik  texnologiyalarni  amalda  qo‘llash bo‘yicha ilg‘or tajribalar haqida chop etilgan maqolalarni muhokama qilishni uyushtirish;

–  ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganish borasida novator o‘qituvchilar bilan haftalik o‘quv kurslarini tashkil etish.

Men  o’tgan o’quv yili jaroyonida yuqoridagi didaktik o’yinlardan foydalanib dars o’tdim.Buning natijasida 4-sinf o’quvchilari Shaydo Rahimova, Jasmina Xudoyberganova,3-sinf o’quvchisi Saboxon Xusaynazarova,Muhlisa Rejabboyeva,Ra’no Mamedova o’quv yili davomida juda yaxshi natijalarga erishdilar.

Xulosa  o’rnida  shuni  aytish  joizki,  boshlang‘ich  sinflarda  ingliz  tili  darslari  jarayonida pedagogik   texnologiyalardan  samarali  foydalanish  ta’lim-tarbiya  sifatini  oshirishga  xizmat qilishini to’liq kafolatlay

oladi.

Nazokat NIYAZMETOVA,

Yangiariq tumanidagi  22-umumta’lim maktabining ingliz tili fani  oʻqituvchisi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan