Targ`ibotchining  bir  kuni…
Targ`ibotchining  bir  kuni…

Targ`ibotchining  bir  kuni…

262 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  2021-yil  26-martda  qabul  qilingan  “Ma`naviy-ma`rifiy  ishlar  samaradorligini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi             ПК-5040-sonli qarorda  ma’naviy-ma’rifiy ishlar  samaradorligiga alohida  e’tibor  qaratilgan. Xususan, ta’lim  tashkilotlarida  madaniy-ma’rifiy ishlar  samaradorligini  oshirish  bo‘yicha  har  bir  umumta`lim  maktabida  ijodiy-madaniy  masalalar  bo‘yicha  targ‘ibotchi lavozimi  joriy  qilindi. Shu  qarorga  asosan  maktablarda  ijodiy-madaniy  masalalar  bo‘yicha  targ ‘ibotchilar   o‘z  ish  faoliyatlarini  boshlashdi.

Targ‘ibotchi  kim? Avvalo, shu  savol  atrofida to‘xtalsak. Darhaqiqat, targ‘ibotchi -tashkilotchi, ustoz, targ ‘ibotchi-ta’lim va ma’naviyat  ko‘zgusi.     Targ ‘ibotchi  o‘quvchilar  uchun ibrat  maktabi.    Targ‘ibotchining ha bir  kuni maktabdek   ulug‘  dargohda  o ‘tadi. Ana shu dargohda u  o‘quvchilar orasidan     iste’dodlilarini  izlab  topishi, ma’naviy  komillik  sari  yetaklovchi  kitoblar  bilan  oshno  qilishi , kelajak  vorislarining  orzu-umidlarining  uchquni  bo‘lgan  xayol  dunyosini  haqiqat tomon bura  olishi, ma’rifiy  tadbirlarning   tashkilotchisi  bo‘lmog‘i  lozim. O`quvchining   qalb  tubiga  yashiringan  orzularini , ijod   daftarlaridan  bilib  olmog`i, armonga  yo`g`rilgan  murg`ak qalb bo`lsa,  izlab  topmog`i,  qisqasi, o`quvchining  yaqin  o`rtog`i  bo`lishi  kerak.

Targ ‘ibotchining  har  bir  kuni  mana shu  tarzda  unumli  va  samarali  tashkil  qilinsagina  ,har  bir  ishga  astoyidil  bel  bog`lasagina   yurtboshimiz  bildirgan  ishonchi o’z  isbotini  topadi. Zero,  yurtboshimiz  ta’biri  bilan  aytganda, “Har  bir  inson har  kuni  qiladigan  ishini   xuddi  birinchi  marta  qilayotgandek qilishi  kerak. Shunda ishda  rivojlanish

bo ‘ladi.”

Yangi  O`zbekistonning  kelajak  vorislarini har  tomonlama  barkamol avlod  bo`lib  yetishishlariga bugungi  kunda targ`ibotchi  ham mas`uldir.  Bu  sharafli  mas`uliyat,  o`ylaymanki, har  bir  targ`ibotchining  yuragida . Demak, bunday  qaynoq  yurak  egalari kun  kelib, Vatan  taraqqiyotiga o`z  hissasini  qo`sha  oladigan  avlodlarni kamol  toptirishadi.

Hovvajon ODAMOVA,  

Xonqa  tumanidagi  9-umumiy  o‘rta  ta`lim  maktabida  ijodiy-madaniy  masalalar  bo‘yicha    targ‘ibotchi. 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan