Ma’lumki,har bir inson faoliyati yetti yo’nalishning biri bo’yicha qobiliyat yoki qiziqishga ega .Bolalarning qiziqish ,qobiliyat, iqtidor yo’nalishlarini aniqlash bo’yicha amerikalik olim A.D.Xann va G.Kaff tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar mintaqamiz bolalari uchun moslashtirilgan. Jumladan, texnik, musiqiy, rassomlik, adabiy , sportga bo’lgan layoqatlar shular qatoridadir. Texnik qobiliyatga ega o’quvchilar har xil mexanizm, mashina asboblariga qiziqadi. Konstruksiya va modellar bilan buzilgan mexanizm o’yinchoqni tuzatishga urinadi, mexanizm mashina rasmini chizishga urinadi, mashina mexanizmiga doir ma’lumotga qiziquvchan bo’ladi.
Musiqiy qobiliyatlilar qayerda musiqa tovushi eshitilsa,o’sha tomonga intiladi. Musiqa asbobini chalishga harakat qiladi,o’zicha kuy-qo’shiqlar hirgoyi qiladi.Tasviriy san’atga qiziquvchilar o’z his-tuyg’ularini, kayfiyatini so’zdan ko’ra rasmlar orqali ifodalashi osonroq.N imanidir tushuntirishga so’z topmasa rasmini chizib beradi.Bo’sh vaqti bo’ldimi,darhol rasm chizadi.Shu zaylda umuman qobiliyatsiz inson bo’lmaydi.Faqat u kimdadir erta, kimdadir kech namayon bo’ladi. Shu kabi yashirin qobiliyatlarni aniqlab,uni rivojlantirishda yordam ko’rsatishimiz zarur. Bu borada o’quvchilar bilan ishlashda ota-onalar uchun ham tavsiyalar mavjud bo’lib,ta’lim muassasida o’tkaziladigan tadbirlarda qatnashib,o’quvchining o’qish va kasbga bo’lgan qiziqishiga imkoniyat yaratish ,to’garaklarga ishtirokini kuzatish,uy vazifasi va uyga berilgan qo’shimcha topshiriqlarning bajarilishini nazoratiga oish, bo’sh vaqtida ko’proq kitob o’qishi uchun imkoniyat yaratish, sinf rahbari va fan o’qituvchilari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan holda ‘’Oila va ta’lim muassasasi’’loyihasida ish olib borilsa, kelajakda o’quvchilarni, farzandlarimizni har tomonlama bilimli bo’lib , ta’lim –tarbiya topishida, ma’naviy-ruhiy dunyoqarashi sog’lom, namunali kasb egalari sifatida jamiyatda o’z o’rinlarini topishiga ko’maklashgan bo’lamiz.
Nigora RAHIMOVA,
Qo’shko’pir tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ruhshunosi.