“Iste’dod”ning yosh iste’dodlari
“Iste’dod”ning yosh iste’dodlari

“Iste’dod”ning yosh iste’dodlari

298 marta ko'rildi

Yoz mavsumi kelishi bilan bolajonlarning zavq-shavqqa to’la davrlari bishlanadi. Yozda kelajagimiz bo’lgan bolajonlarimiz uchun chekka qishloqlarimizda ham barcha shart-sharoitlar mujassam bo’lgan oromgohlar tashkil qilinib, ularni o’z bag’riga oladi. Tumanimizdagi “ISTE‘DOD” oromgohi jamoasi ham bu yilgi mavsumni ko‘tarinki ruh bilan davom ettirishmoqda. Oromgohimiz dam oluvchilarini vaqtlarini maroqli, mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tanlov va sport musobaqalari, o‘tkazib g’oliblarni maqtov yorliqlar hamda sovg‘alar bilan munosib taqdirlab borishmoqda. Bulardan yanada g‘ururlanib zavqlangan dam oluvchilarimiz 12 kunni qanday o’tib ketganini sezmay ham qolishadi. Mana hademay ikkinchi mavsum ham yakunlanay deyapti. Bu yil oromgohimizga Urganch tumanidagi oilaviy bolalar uyidan ham dam oluvchilar tashrif buyurganlar. Mana ular:Vohidjon Qurbonov, Xonimjom Artiqova,Ulug’bek Rashidov,Muhamadali Odamboyevlar.
-“ISTE’DOD” oramgohidan olam-olam taassurotlar bilan qaytmoqdaman. Oramgoh menga juda yoqdi, barcha sharoitlarga ega.Fidoyi va jonkuyar ustozlarga o‘z minnatdorchilikimni bildirgan ,-deydi Muhammadali.
“Istedod” da haqiqiy iste’dodlar to’plangan desak yanglishmaymiz.Dam oluvchilarimiz orasida yosh shoir va shoiralar.yosh musavvurlarning ham borligi bizni yanada quvontirdi.

Muborak NURJONOVA,
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi “ISTE‘DOD” oromgohi tarbiyachisi.

Varrak
Nozima, Jasur, Barno,
Varrak yasashdi katta.
“Xuv tepalikka chiqib,
Uchiramiz albatta”
Deyishdi-yu uchavlon,
Tepalikka shoshdilar.
Bir pasdan so’ng yurishib,
Tepalikdan oshdilar.
Oftob bobo sochar nur,
Qushlar mayin sayrashar
Nuri jonlarga huzur,
Bolalar-chi yayrashar.
Uchavlonning varragi,
Uchdi baland-balandga.
Ko’rganlar bo’ldi hayron,
Qoyil qoldi talantga.
Hasanboy RUSTAMOV,
«Omad guruhi»dam oluvchisi.

Oromgoh
Ey oromgoh ,oromgoh,
Sensan jonning rohati.
Juda maroqli bo’lar,
Bolalar sayohati.
Unutib bólmas seni
Sen qadrli oromgoh.
Biz kelamiz kutgin sen,
Biz uchun qutlug’ dargoh.
O’rinboy RAZZOQOV,
Oromgoh dam oluvchisi.

***

Havosi xush sayilgoh,
Senga yana keldik biz.
Sog’inib juda-juda,
Yana keldik oramgoh.

Gòzal bizning oromgoh,
Chaman qo‘yni ochildi.
Gullari qarang go’zal,
Iforlari sochildi

Biz kuylasak bu olam,
Zavq-u shavqqa to’lar.
Oromgoh gòzal maskan,
Xatto qushlar jo’r bolar .

Biz baxtiyor yoshlarimiz ,
Mehribon bu mamlakat.
Ulg’ayamiz qo’yningda,
Kelajakka kuch- quvvat.

Husniya KARIMOVA,
Oromgoh dam oluvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan