388 marta ko'rildi
Qoʼshkoʼpir tumani aholi xonadonlarini sifatli tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan 0,8 km uzunlikdagi gaz quvurlari rekonstruktsiya qilinib, 2 ta gaz taqsimlash qurilmasi mukammal taʼmirlandi hamda 598 ta gaz taqsimlash qurilmasi texnik taftishdan oʼtkazildi.
Bundan tashqari 58,5 km uzunlikdagi gaz quvurlari havo bosimi yordamida zichlikka sinaldi va tozalandi, 58,1 km yer osti gaz quvurlarida gaz sizib chiqish holatlari maxsus pribor yordamida tekshirildi va turli diametrdagi 21,6 km gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilib boʼyoqlandi.
Maqsadimiz-aholini bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlash.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.