Sinovlarda sinmas qalqon- bilim
     Sinovlarda sinmas qalqon- bilim

     Sinovlarda sinmas qalqon- bilim

507 marta ko'rildi

                       Uzoq yillar avval bir oilada o’g’il farzand dunyoga kelibdi. Unga Alisher deb ism qo’yishibdi. U yoshligidan kitob o’qishga juda qiziqibdi. Tez fursatda o’qishni o’rganibdi va juda ko’p o’qiydigan bo’libdi. Uning ko’chada Shamshod, Asqar, Abdulla ismli do’stlari bo’lib, ular kitob o’qishni yomon ko’rishar edi. Alisher ularga shunday maslahat beribdi:

-Sizlar ko’chada o’ynab yurasiz, ammo bu foydasiz, vaqtingizni behuda sarflamang. Undan ko’ra kitob o’qinglar. Bolalar uning so’ziga kirmadilar. Yillar o’tdi, ular o’sib ulg’ayishdi.  Alisher katta olim bo’lib yetishdi va maktab quribdi. Uning o’quvchilari  katta inson bo’lishdi.

Shamshod, Asqar, Abdulla esa hali ham o’z yo’lini topolmay yurishgandi. Bir kuni ular boshqa yurtga ishlagani ketib, u yerdagi odamlar tilini tushunmay, ular  bilan urushib qolishibdi va qamoqqa tushishibdi. Yaxshiyamki, Alisher shu davlatga ish bilan borgan ekan. U do’stlarini qutqaribdi. Keyin Shamshod, Asqar, Abdulla xatosini kech bo’lsada anglab,  Alisherga shogird bo’libdilar.  Ular ham kitobni yaxshi ko’ribdilar va  umrining oxirigacha rohat- farog’atda yashabdilar.

 

Murod  FARHODOV,

Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumani

32-son umumta’lim maktabining 5-sinf

o’quvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan