«E-auksionshop» elektron savdo do’konidan nimalarni sotib olish mumkin?
«E-auksionshop» elektron savdo do’konidan nimalarni sotib olish mumkin?

«E-auksionshop» elektron savdo do’konidan nimalarni sotib olish mumkin?

218 marta ko'rildi

Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023 yildagi 540-sonli qarorlariga muvofiq xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksionshop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bundan tashqari Hukumatning 526-son qaroriga muvofiq esa elektron do‘koni orqali soddalashtirilgan tartib va muddatlarda davlat daromadiga qaratilgan mol-mulklarni sotib olishingiz mumkin.

Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

► narxni oshirib borish tamoyili asosida;

► eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tiladi. Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi

Savdolar elektron do‘konda xabarnoma eʼlon qilingan kundan keyingi ish kuni soat 10:00 da boshlanadi va besh ish kuni davomida, oxirgi ish kuni soat 18:00 ga qadar o‘tkaziladi. Savdolar boshlang‘ich narxdan bir savdo qadamiga oshirilgan narxda sotib olish (ijaraga olish) taklifini tasdiqlashni so‘rashdan boshlanadi. Agar ishtirokchi savdo vaqti yakunlanishiga 10 daqiqadan kam vaqt qolganda narx tasdiqlasa, savdo oxirgi taklif tasdiqlangandan keyingi o‘n daqiqaga uzaytiriladi. Keyingi har bir taklif savdoni o‘tkazish vaqtini o‘n daqiqadan uzaytirib boradi.
10 daqiqa davomida ishtirokchilarning birontasi narx tasdiqlanmasa, savdolar yakunlanadi.

Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi to‘rtta qadamda – boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

«E-auksionshop» elektron savdo do’koni qulayligini bildiruvchi 3 ta fakt quyidagilar:

Birinchidan, ushbu do’kondan Bojxona servis tashkiloti va Majburiy ijro byurosi tomonidan davlat daromadiga olingan maishiy texnika va boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchidan, do’konda istagan shaxs o’ziga tegishli mulkni bepul savdoga qo’yishi mumkin.

Uchinchidan, bu do’kon «E-auksion» platformasi bilan hamkorlikda ishlagani sababli, 1,7 milliondan ortiq mijozlar bazasiga ega.

M.Ishchanov,

“Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ

Xorazm viloyati hududiy vakili . 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan