1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni
Inson yaralibdiki, doimo intilish, o`rganish va izlanish bilan tirik. Chunki u doimo go`zalikka intilib yashaydi. O`zidan yaxshi nom qoldirishni istaydi. Farzandlarining komil inson bo`lishini, yaxshi kasblar egasi bo`lib nom qozonishini, hayot bulog`ida qaynab o`z o`rniga ega bo`lishini istaydi.
Dunyodagi ming – minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb – shifokorlik va o`qituvchilik kasbi bor. Ular hech qachon o`zining ma`no – mazmuni va oliyjanobligini, ahamiyatini va hurmatini yo`qotmaydi. Ayniqsa o`qituvchilik ya`ni inson tarbiyasi, uni haqiqiy inson qilib tarbiyalash eng mushkul vazifalardan sanaladi. Ustoz bu ishga butun borlig`ini, mehrini bahsh etadi. Minglab murg`ak qalblarga oqu – qorani tanitadigan, ezgulik yog`dusini baxsh etdigan kelajakka ziyrak nigoh tashlashga o`rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat`iy ishonch uyg`otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq – chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa suyab yiqilsa turg`uzadigan, yutuqlaridan quvonadigan o`qituvchilar murabbiylar mehnatining o`lchovi yo`q.
Men maktabimizdagi barcha ustozlarimni yaxshi ko`raman, ularga havas qilaman. Kelgusida o`z kasbini sevadigan qadrlaydigan o`qituvchi bo`lishni orzu qilaman bu orzuyimga yetishishda ustozlarimning xizmatlari katta bo`lishini bilaman va ularning ishonchlarini oqlashga harakat qilaman.
Gulinur MADAMINOVA,
Qo’shko’pir tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 6-sinf o’quvchisi.