“Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyasi davom etmoqda
“Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyasi davom etmoqda

“Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyasi davom etmoqda

683 marta ko'rildi

Bizga ma’lumki ,ta’lim muassasalarida sog’lom fikrlaydigan, yoshlarni ma’nan yetuyk  qilib tarbiyalash va ularni kasb-hunarga yo’naltirishda maktab psixologlarning o’rni juda katta.Chunki ular o’sib kelayotgan yosh avlodni psixologik jihatdan o’rganib,ularning qobiliyatlariga yarasha texnik qoidalar ichki qobiliyatlarni kashf etadilar.Ularning qobiliyatlariga qarab, kasb-hunarga yo’naltiradilar.

Bizning ta’lim maskanimizda ham psixologlar Rahima Jumaniyozova,Husnora Do’schonova o’quvchilarimiz o’rtasida do’sttona muhit, kechirimli bo’lish,hech qachon birovni dilini og’ritmaslik kabi ezgu fazilatlarni shakillantirish maqsadida davra suhbatlari,tadbirlar o’tkazib boriladi.Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan vido’rolirk lar namoyish ham katta ahamiyatga egadir.Albatta o’quvchilarimiz bulardan o’ziga kerakli hulosalarni chiqarib olishadi.Hozirda maktabda bu borada ish qizg’in davom etmoqda.Sababi “Biz zo’ravonlikka qarshimiz “aksiyasi doirasida ishlar tizimli tashkil qilingan.Bu aksiyani tashkil etish va o’tkazish jarayonida maktab o’quvchilari uchun oiladagi zo’ravonlikning oldini olishga,oilaviy munosabatlarga erta yoshdan hurmat bilan munosabatda bo’lish qadiriyatlarini shakillantirish,eng asosiy ,do’stona muhitni shakillantirishga  e’tibor qaratilmoqda.

Aksiya tadbirlarni yuqori saviyada o’tkazish maqsadida psixologlarimiz tomonidan Biz zo’ravonlikka qarshimiz”,“Men sendan uzr so’rayman” shiori ostida plaktlar tashkil etildi.Bu plakatlarga har bir o’quvchini o’z xohishlariga ko’ra qachondir kimga ozor bergan, xafa qilgan,ko’ngilni ogritgan bo’lsa o’z-o’zini anonym tarzda ifoda etishi kerak.Do’stlardan uzr so’rash mardlikni belgisi ekanini psixologlar o’quvchilarimizga yana bir bor hayotiy misollar asosida tushuntirib berishdadir.Bu mativatsiya ularning xafa qilgan insonlarni o’rtasida ijobiy munosabatini tiklashga yordam berishga  undaydi.Bundan tashqari bu tadbir doirasida maktabimizda     “Ishonch qutisi “ tashkil etilgan. Bu qutiga har bir o’quvchi anonim tarzda xat yozib tashlashi mumkun.Bular bilan tanishib chiqqan psixologlarimiz o’quvchilarimizga kechirimli bo’lish hamda yon-atrofdagilarfa  mehr  ko’zi  bilan boqish kabiy ijobiy fazilatlar haqida tushunchalar beriladi.

Ushbu aksiya davomida yana ta’lim muassasamizda rasmlar tanlovi,eng yaxshi vidoroliklar  tanlovlari ham tashkil etilgan.Maktabimiz o’quvchilari bu aksiyaga faol ishtirok etmoqdalar.O`quvchilarimiz tomonidan chizillgan eng yahshi rasmlar,eng mazmunli vidoroliklar saralab olinib,maktab ma’muriyati va psixologi tomonidan rag’batlantirib borildi.Aksiya tadbirlari muassasalarda davom etmoqda.

Nuquljon AVEZOVA,

Qo’shko’pir tumanidagi  9- IDUM da ijodiy- madaniy masalalar bo’yicha  targibotchi.        

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan