Konstitutsiya-baxtimiz qomusi          
   Konstitutsiya-baxtimiz qomusi          

   Konstitutsiya-baxtimiz qomusi          

454 marta ko'rildi

 O’zbekiston xalqi : Inson huqulariga   va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda  e’lon qilib,hozirgi  va kelajak avlodlar oldidagi  yuksak ma’sulaiyatini anglagan holda ,o’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib ,xalqaro huquqning umume’tirof etilgan  qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib  hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib,insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab,fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash maqsadida   O’zbekiston   Respublikasining mazkur   Konstitutsiyasining qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

“Konstitutsiya” atamasi Qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo‘lgan. U shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o‘tkazgan.Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch hosil qilamiz.

Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va Temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat haqidagi ko‘p asrli orzusini mujassam etgan.Shu o‘rinda Suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash, muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani yaratish tarixi – bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

“O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi, deb juda to‘g‘ri aytishadi”. “Har qaysi millat, katta yo kichikligidan qat’iy nazar, o‘z ona tilini hurmat qiladi”.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam –“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir.

O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990- yil 20- iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning 8-bandida O‘zbekiston “o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi” degan qoida mustahkamlangan.Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam –Konstitutsiyaviy komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi.

Oliy Kengash qarori bilan 1990- yil 21- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi.Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks ettiradigan, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga oladigan Asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan.

(2002- yil 27- yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 24- aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 89-modaasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuza- tishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2008 -yil 25- dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2011- yil 12- dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 90-moddasining ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2014- yil 16-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017- yil 29-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 99 va 102-moddalariga o‘zgartishlar kiritilgan.

 

                                                                                                                                                  Ma’mura ABDULLAYEVA                                                                                                                                                                                                                               Xorazm viloyati  Xiva tumanidagi

39-umumta’lim maktabning  tarix fani  o’qituvchisi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan