Maktab g’unchalari
Maktab g’unchalari

Maktab g’unchalari

295 marta ko'rildi

                      Gulzoda Gulimbatova                                                 

  2004-yil 30-noyab rda  Gurlan tumanidagi Vazir qishlog‘ining “Oqqum” mahallasida tug’ilgan.Hozirda tumandagi 40-AFCHO‘I maktabining 10-sinfida o‘qimoqda.

Zulfiyaxonim xotirasiga

 

Zavq-shavq bilan ildam,

Bahorni boshlab kelasiz.

Yoringizni esga olib,

Ko‘zlarni yoshlab kelasiz..

 

Bahorni kuylab kelasiz.

O‘zbek elin erka qizi.

Shoiralar iqbolisiz.

She’riyatdir har bir so’zi

 

O’zbek elin Zulfiyasi.

Siz qoldirgan yorug‘ yo‘lning

Boshidadirmiz biz yoshlar ham ,

G’unchasimiz biz shu gulnung

 

Bo‘lmoqchman men shoira,

Izingizga izdosh bo’lay.

Tushlarimda sirlashaman,

O’zim sizga sirdosh bo’lay.

 

Mana keldi yana bahor,

Ko’klam haqda yozay jo’shib.

Bu bo’stonga men ham oz-moz,

Ijod bilan hissa qo’shib.

 

She’rlar yozar to’lib  toshib,

Endi o‘gil-qizlaringiz.

Yo‘lin davom etmdirmoqda,

Bosar sizning izlaringiz.

                      

                  Bahor

Maysalar nish ura boshladi yana

Qushlar ko‘k yuzida ucharlar erkin.

Suv jimirlab oqar baland qoyadan,

Tabiat ham yoydi erkalab sepin.

 

Sumbul sochlariga jamalak taqib,

Qozonda sumalak qaynaydi qarang.

Kuy-o‘lanlar tinmas sira tonggacha.

Sumalak pishibdi ana qirmiz rang.

 

Bu fasl boshqacha barcha fasldan,

Men takror aytaman bahordir tanho.

Bahoriy taomlardan bezab dasturxon,

Fasli navbahorda hammasi a`lo.

 

Qizlar o‘sma qo‘yar kamon qoshiga .

Yigitlar bog‘lashar belbog‘in belga,

Qaldirg‘och charh urar samo yuzida,

Tinchlik tilajakdir axir eliga.

Gulzoda Gulimbatova     

 

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan