Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi 29-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7- sinf o’qubchisi Qudrat Matchonov Sardor Sultonov va 8- sinf o’quvchilari Og’abek Otaev, Oysara Kenjaevalar tarix darsliklari, o’lkamiz axeologiyasiga oid adabiyotlarni o’rganish asosida o’rta asrlar etnogarafiyasi, qadimshunosligiga oid qurol-yarog’, kiyimlar va tarixiy obidalarning maketlarini yasash orqali o’z bilim va ko’nikmalarini oshirib bormoqdalar. Mohir qo’llarning shiori: «Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan afzal»
O’quvchilarning bu faoliyati dastlab krossvordlar tuzishdan boshlandi. Keyinchalik esa o’rta asrlarda yasalgan qurol-yarog’larning rasmini chizish va rasmga qarab uning maketini yasashga o’tildi. Har bir yasagan maketingizga huddi osori-atiqa deb qarang, ota-bobolarimiz tomonidan yasalgan, ishlatilgan buyumlarni qayta jonlantiring. Shuning uchun ham ularni yasashda pala-partishlikka, yo’l qo’ymang deya ulardagi mas’uliyat hissini oshirib bordim. Shundan keyin o’quvchilar har bir tariximizga oid buym maketini yasash uchun uning tuzilishi, mohiyati haqida kutubxonadagi tariximizga oid kitoblar, internet ma’lumotlarini yig’ib, keyin ish boshlashadi.
Bundan keyin o’quvchilar o’z mahoratlarini oshira borib, qadimgi dunyo tarixiga oid qurol-yarog’lar, inshootlarning maketlarini yasashga ahd qilishgan. To’g’ri, bu oson yumush emas, chunki, antik davrga oid ma’lumotlarni topish, jamlash oson emas. Nima bo’lgandayam biz ustozlar o’quvchilaning tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaymiz va ularga hamisha ko’makdoshmiz. spaceman slot
Barno BOG’IBEKOVA,
Qo’shko’pir tumanidagi 29-umumiy o’rta ta’lim maktabining tarix fani o’qituvchisi. mahjong slot