Mahorat saboqlari va seminar trening
Mahorat saboqlari va seminar trening

Mahorat saboqlari va seminar trening

270 marta ko'rildi

Qo‘shko‘pir   tuman sportni rivojlantirish bo‘limi hamda  Davlat havfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari 9203- harbiy  qisimga qarashli , Chegarani qo‘riqlash  vzvodidi bilan hamkorlikda Etno  sport  turlarini  rivojlantirish  maqsadida mahorat saboqlari  va amaliy semenar   trening o’tkazildi.

4-sektor hududiga qarashli  Gʻozovot qishlog‘ida  joylashgan “Chegarani qo‘riqlash  vzvodida “ mahalla yoshlarini, harbiy qism xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, yoshlarni  vatanparvarlik ruhida sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, milliy sport turlarini  rivojlantirish, Xorazm  viloyati  sportni  rivojlantirish  bosh  boshqarmasining  2022-yil  30-sentabrdagi 04-01\1234   sonli  xati  ijrosini  ta’minlash  maqsadida ,milliy sport turlaridan arqon tortish, tosh ko‘tarish, langi, sportning  badminton, o‘q otish  turlaridan mahorat sаboqlari  hamda amaliy semenar  trening  tashkillashtirildi. Tadbirda  tuman sportni rivojlantirish bo‘limi rahbari T.Sattarova so‘zga chiqib jismoniy tarbiya va sportni hamda  muhtaram Prezidentimiz tomonidan  yoshlarga  ,harbiy qism xodimlariga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni faxr bilan gapirib o‘tdi.

  Tadbirda faol ishtirok qilgan yoshlar, harbiy qism xodimlari tuman sportni rivojlantirish bo‘limi tomonidan “Tashakkurnomalar “bilan taqdirlandilar .

Bu tadbir yoshlarda iliq taassurotlar, Vatanimizga bo‘lgan mehrlarini, keljakda ular ham  harbiy qism xodimlari bo‘lishlariga qiziqishlarini, yanada oshirishga sababchi bo‘ldi. Tadbir yuqori saviyada tashkillashtirildi.

Sardor ESHMURODOV,

harbiy xizmatchi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan