O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martda qabul qilingan “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ПК-5040-sonli qarorda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim tashkilotlarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha har bir umumta`lim maktabida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy qilindi. Shu qarorga asosan maktablarda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ ‘ibotchilar o‘z ish faoliyatlarini boshlashdi.
Targ‘ibotchi kim? Avvalo, shu savol atrofida to‘xtalsak. Darhaqiqat, targ‘ibotchi -tashkilotchi, ustoz, targ ‘ibotchi-ta’lim va ma’naviyat ko‘zgusi. Targ ‘ibotchi o‘quvchilar uchun ibrat maktabi. Targ‘ibotchining ha bir kuni maktabdek ulug‘ dargohda o ‘tadi. Ana shu dargohda u o‘quvchilar orasidan iste’dodlilarini izlab topishi, ma’naviy komillik sari yetaklovchi kitoblar bilan oshno qilishi , kelajak vorislarining orzu-umidlarining uchquni bo‘lgan xayol dunyosini haqiqat tomon bura olishi, ma’rifiy tadbirlarning tashkilotchisi bo‘lmog‘i lozim. O`quvchining qalb tubiga yashiringan orzularini , ijod daftarlaridan bilib olmog`i, armonga yo`g`rilgan murg`ak qalb bo`lsa, izlab topmog`i, qisqasi, o`quvchining yaqin o`rtog`i bo`lishi kerak.
Targ ‘ibotchining har bir kuni mana shu tarzda unumli va samarali tashkil qilinsagina ,har bir ishga astoyidil bel bog`lasagina yurtboshimiz bildirgan ishonchi o’z isbotini topadi. Zero, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shunda ishda rivojlanish
bo ‘ladi.”
Yangi O`zbekistonning kelajak vorislarini har tomonlama barkamol avlod bo`lib yetishishlariga bugungi kunda targ`ibotchi ham mas`uldir. Bu sharafli mas`uliyat, o`ylaymanki, har bir targ`ibotchining yuragida . Demak, bunday qaynoq yurak egalari kun kelib, Vatan taraqqiyotiga o`z hissasini qo`sha oladigan avlodlarni kamol toptirishadi.
Hovvajon ODAMOVA,
Xonqa tumanidagi 9-umumiy o‘rta ta`lim maktabida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi.