Biologiya fani –  menga qulflangan eshiklarni ochdi.
Biologiya fani –  menga qulflangan eshiklarni ochdi.

Biologiya fani –  menga qulflangan eshiklarni ochdi.

372 marta ko'rildi

Men tanlagan  shior :    MAQSAD-HARAKAT-INTIZOM.

Hamma bola ham tug’ma daho emas, ularning hammasi ham maktabga chiqishi bilan tezda darslarni o’zlashtirib, faqat besh baho olib ketavermaydi.  Men ham darslarni o’zlashtirishimda juda qiynalardim. Hatto mavzularni qayta qayta o’qisam ham hotiram pand berardi va darslikni sekin yopib qo’yardim.

Bir kuni maktabdan hafa bo’lib uyga qaytayotganimda biologiya fani ustozim  Ashirova Muxabbat :

  • ,, Ha Alfiya nima bo’ldi? Bugun to’garakka kel. Ikkimiz miriqib gaplashamiz va qiziqarli ma’lumotlarni o’rganamiz”” – dedi mehr ko’zi ila kulib.  Men shu kuni to’garakka keldim. Rostdan ham ustoz men bilan dildan gaplashdi, hamda biolodiya faniga tegishli qiziqarli ma’lumotlar to’pladik. Keyingi darslarda ko’pgina amaliy mashg’ulotlar bajardik, yakka topshiriqlar berdi. Menda  kundan- kunga o’z o’zimdan biologiya faniga qiziqishim ortdi. Darslik men uchun sirdosh bo’lib qoldi.

Men shuning bilan bir qator mo’jizaviy ma’lumotlarni to’plashga qiziqaman.  Masalan:

  • To’shak qandalalari 115 mln yil avval Yer yuzini dinozavrlar bilan birgalikdakezgani ma’lum bo’ldi;
  • Baliqchiqush – Yil otasi medaliga munosib bo’lgan qush;
  • Hayvonlar ichida eng yirik mitoxondrial genom aniqlandi;
  • Faqatgina avakado tarkibida uchraydigan avokatin B deb nomlanuvchi yog’ molekulalari hujayra ichidagi diabedga olib boruvchi jarayonlarni butunlay ingibilab qoyish xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi.

Men ko’p  narsaga qiziqaman:

  • Mashinalarga benzin, yoqilg’i quyiladi. Bu esa ko’p mablag’ talab qiladi. Quyosh batareyalari kunduz quyosh orgali zaryad oladi.  Shunga o’xshab mashinalarni kunduz quyosh batareyalari bilan jihozlansa mashina hech qanday pul sarflamasdan yuradi. Lekin buning kuchi mashinaga kuchi etmasov, chunki mashinalarni yurgizish uchun ko’p quvvat zarur bo’ladi. Chunki u katta mexanizm.  Shunga o’xshash moslamalar ixtiro qilinsa ham bo’ladi.

Ustoz Ashirova Muxabbat Eminbayevna to’garak darslarida va qo’shimcha mashg’ulotlarida  o’tilgan mavzularni yangicha yondashuv yani, kimyo,fizika,matematika,geografiya fanlari bilan bog’lab, amaliy mashg’ulot sifatida ko’rsatib beradilar. Masalan ,,Qon aylanish sistemasi ,, bo’yicha yurakda qon aylanish modeli, Vulkan maketi, Suvda cho’kmaydigan kema maketlarini yasadik. Ishlarimizni loyihalashni o’rgandik. Shunga bo’lsa kerak  mashg’ulotlardan ilhomlanib, fanga bo’lgan qiziqishlarim yana ham ortib bormoqda.

Menga shunday bilimlarni berayotgan, men uchun ochilishi qiyin bo’lgan qulflarni ochishga yordam berayotgan maktabimning ustozlariga minnatdorchiligimni bildiraman.

 

           Alfiya     YALKAPOVA,

 Qoraqalpog’iston Respublikasi  Taxiyatosh tumanidagi.  6-umumiy o’rta ta’lim maktabining  8-“B” sinf o’quvchisi.

 

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan