Shovot tumanidagi 46-umumiy o’rta ta’lim maktabida «So’nggi qo’ng’iroq» tadbiri bo’lib o’tdi. Gullar va bejirim sharlar bilan bezatilgan maktab sahnasiga 52 nafar bitiruvchi sinf o’quvchilari va ustozlari taklif qilindi. Belgilangan tartibda 89 nafar 1-sinf o’quvchilari ham ustozlari bilan jam bo’lishdi. Maktab direktori D Sobirov tadbirni ochdi va maktabning bitiruvchilarga omad tiladi. Shundan keyin mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning bitiruvchi sinf oquvchilariga tabrigi o’qib eshittirildi. Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yisha direktor o’rinbosari M.Bekchanova, Yu. Kazakov va boshqa ustozlar, ota-onalar yoshlarga hayot yo’llarida omad, baxt-saodat tiladilar. «So’nggi qo’ng’iroq» jaranglaganigacha va undan keyin ham bitiruvchi o’quvchilar ijrosida tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo’shiqlar yuangradi. Orzular sari otlanayotgan 52 nafar yosh yigit-qizlarning quvonchi cheksiz, biroq sevimli maktab va aziz ustozlari bilan xayrlashar ekanlar ko’zlarida yosh, hayajon hukm surardi.
Joziba,
O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi. Shovot tumanidagi 46-umumiy o’rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy ishlar bo’yisha targ’ibotchisi.