O‘quvchilarning qobiliyat hususiyatlari
O‘quvchilarning qobiliyat hususiyatlari

O‘quvchilarning qobiliyat hususiyatlari

310 marta ko'rildi

Ma’lumki,har  bir inson faoliyati    yetti yo’nalishning   biri bo’yicha  qobiliyat yoki   qiziqishga ega .Bolalarning  qiziqish ,qobiliyat,  iqtidor  yo’nalishlarini  aniqlash bo’yicha   amerikalik olim A.D.Xann  va  G.Kaff tomonidan ishlab chiqilgan  metodikalar mintaqamiz  bolalari  uchun  moslashtirilgan. Jumladan, texnik, musiqiy, rassomlik, adabiy , sportga bo’lgan layoqatlar  shular qatoridadir. Texnik  qobiliyatga ega o’quvchilar har  xil mexanizm, mashina asboblariga qiziqadi. Konstruksiya  va  modellar bilan buzilgan mexanizm o’yinchoqni  tuzatishga  urinadi, mexanizm mashina rasmini  chizishga  urinadi, mashina  mexanizmiga doir ma’lumotga  qiziquvchan  bo’ladi.

Musiqiy  qobiliyatlilar qayerda musiqa  tovushi eshitilsa,o’sha tomonga intiladi. Musiqa  asbobini chalishga  harakat qiladi,o’zicha  kuy-qo’shiqlar hirgoyi qiladi.Tasviriy san’atga qiziquvchilar  o’z his-tuyg’ularini, kayfiyatini so’zdan ko’ra rasmlar orqali ifodalashi osonroq.N imanidir tushuntirishga so’z topmasa  rasmini chizib beradi.Bo’sh vaqti bo’ldimi,darhol rasm chizadi.Shu zaylda  umuman qobiliyatsiz  inson bo’lmaydi.Faqat u kimdadir erta, kimdadir kech namayon bo’ladi.  Shu kabi yashirin qobiliyatlarni  aniqlab,uni rivojlantirishda yordam ko’rsatishimiz zarur. Bu borada  o’quvchilar bilan ishlashda ota-onalar uchun ham  tavsiyalar mavjud bo’lib,ta’lim muassasida o’tkaziladigan tadbirlarda  qatnashib,o’quvchining o’qish va kasbga   bo’lgan   qiziqishiga imkoniyat  yaratish  ,to’garaklarga  ishtirokini  kuzatish,uy  vazifasi  va uyga  berilgan qo’shimcha topshiriqlarning  bajarilishini  nazoratiga  oish, bo’sh vaqtida ko’proq kitob  o’qishi  uchun  imkoniyat yaratish,  sinf rahbari   va fan o’qituvchilari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan holda  ‘’Oila va ta’lim muassasasi’’loyihasida ish olib borilsa, kelajakda o’quvchilarni,  farzandlarimizni     har tomonlama   bilimli  bo’lib , ta’lim –tarbiya  topishida, ma’naviy-ruhiy  dunyoqarashi  sog’lom,  namunali  kasb egalari  sifatida  jamiyatda  o’z o’rinlarini  topishiga  ko’maklashgan  bo’lamiz.

Nigora RAHIMOVA,

 Qo’shko’pir tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining ruhshunosi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan