Oʼquv yili sarhisobi:Takrorlash va tahlil qilish- taʼlim sifatini oshirish omili
Oʼquv yili sarhisobi:Takrorlash va tahlil qilish- taʼlim sifatini oshirish omili

Oʼquv yili sarhisobi:Takrorlash va tahlil qilish- taʼlim sifatini oshirish omili

377 marta ko'rildi

 Maʼlumki keyingi yillarda mamlakatimizda taʼlim va tarbiya sifati va samaradorligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bizning maktabimiz oʼquvchilarining matematik bilimlarini yanada oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirish, oʼquvchilar fikrlashlari va ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish borasida joriy oʼquv yili davomida matematika metodbirlashmasida keng qamrovli rejali ishlar olib borildi.

Oʼquvchilarning matematika fanini oʼrganishda keng fikrli boʼlishlari, oʼz ustida ijodiy ishlashlari,  rejali misol va masalalarni oʼrganishda keng fikrli boʼlishlari, sinfdan tashqari toʼgaraklar, mashgʼulotlarda oʼrganib borishilari, takrorlash darslari va darslar samarasini tahlil qilib borish ishlari hech shubhasiz har bir darsning sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Metodbirlashmadagi 9 nafar fan oʼqituvchilarimiz har bir dars samarali olib borib darsning sifatiga alohida e’tibor qartdilar. Shuning uchun ham tajribali matematika oʼqituvchilarimizdan S. Nurmetova, U.Toʼraev, J. Safiyazovlarning har bir darslarida oʼquvchilar bilim sifati va samaradorligi yaxshi boʼlganligi yil davomida olingan yozma ishlar natijalarini taxlil qilinganda sifat natijasi yaxshi ekanligi maʼlum boʼldi. Bundan tashqari J.Safiyazov, R.Tilavova informatika fani oʼqituvchisi M.Tilavovalarning har bir darsda oʼquvchilar taʼlim sifatini tahlil qilib borishlari natijasida oʼquvchilarning matematikadan bilim, koʼnikma va malakalari oshib borganligi yakuniy tahlillar natijasida aniqlandi.

Bundan tashqari oʼqituvchilarning oʼzaro fikr-tajriba almashishlari,oʼzaro dars tahliliga kirishlari, ochiq namunaviy darslarda faol ishtirok qilishlari ham oʼquvchilar va oʼqituvchilar faolligini oshirib bordi. Bunday tadbirlar matematika metodbirlashmasi faoliyatini ham reja asosida tashkil qilinayotgani va ijobiy natijalar oʼqitishda sifat koʼrsatkichlarini oshib borganliklarini koʼrsatdi. Metodbirlashmamizdagi barcha oʼqituvchilar oʼzlari ish rejalariga moslab ijodiy ish rejalar tuzdilar va yil davomida shu reja asosida bilimlarini taqqoslab, takrorlab va tahlil qilib sifat koʼrsatkichlarini oshirish boʼyicha yil davomida tizimli sifatli ish olib bordilar. Takrorlab tahlil qilib matematika toʼgarak mashgʼulotlarini sifati va samarasiga alohida yil davomida eʼtibor qaratib ish olib bordilar.

Bu oʼquv yilida uchragan ayrim kamchiliklar, xatolar aniq koʼrsatilib, qilinishi zarur tadbirlar alohida – alohida oʼrganildi tahlil qilindi va yangi 2023-2024 oʼquv yili matematika metodbirlashmasi rejasi ilmiy asosda shakllantirilmoqda

Har bir darsning sifatli chiqishda ota-onalarning ham hissasi katta.Uyga vazifalarning bajarilishi, sharoitlar yaratilishi va zarur. Ilmiy- pedagogik va amaliy yordam berib borilishi oʼquvchilarda sifatli taʼlim olishga koʼmaklashishi hammamizga tushunarlidir.

Shuning uchun har bir oʼquvchi oʼqituvchi, metodbirlashma aʼzolari, pedagogik jamoalar va ota-onalar hamkorlikda ishlab har bir darsni takrorlab borish, oʼquvchilar bilimlarini tahlil qilib borish taʼlim sifatining omili ekanligi anglab hamkorlikda ish yuritsalar ayni muddaodir. Zero, taʼlim sifati va insonga eʼtibor yili ekan, bu jarayonda hech kim chetda turishi maqsadga muvofiq emasligini va bu yilgi ish yuritish har birimizning muqaddas burchimizdir. Yoshlarga sifatli taʼlim berish, tashkil etish barcha barchamiz uchun ham farz, ham qarzdir.

Dilafruz BАBАJАNOVА,

Gurlan tumanidagi 8-umumiy oʼrta taʼlim maktabining  

matematika va informatika fanlari metodbirlashmasi rahbari.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan