Yoz oʼtmoqda soz:»Iste’dod» qo’ynida
Yoz oʼtmoqda soz:»Iste’dod» qo’ynida

Yoz oʼtmoqda soz:»Iste’dod» qo’ynida

335 marta ko'rildi

Maktab oʼquvchilarining yozgi taʼtili boshlanishi bilan joylardagi oramgohlar ularni oʼz quchogʼiga oldi.Endi bolajonlar uch oy davomida miriqib hordiq chiqaradigan boʼlishdi.Jumladan Qoʼshkoʼpir tumanidagi 44-umumiy oʼrta taʼlim maktabi qoshida tashkil etilgan ”Isteʼdod”oramgohi bu yil yoz faslida oʼz bagʼriga 300 nafar bolani sogʼlamlashtirishni reja qilgan.

Oromgohimiz 1-iyun kuni dam oluvchilarni qabul qilib oldi. U yerda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar yetarli qilib qoʼyilgan. Oromgohda kinozal, katta yetakchi va sardorlar xonasi, faollar zali, sport zali, oshxona , yuvinish xonalari , tibbiyot xonasi, izolyator xonasi, toʼgarak xonalari dam oluvchilar ixtiyorida . Dam oluvchilarni yozgi sogʼlomlashtirish davrini yanada maroqli oʼtkazish maqsadida toʼgaraklar faoliyati yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Ibrohim Roʼzmetov rahbarligida «Yosh musiqachilar», Masharif Jumaniyozov rahbarligida «Sportchilar»toʼgaragi ( shahmat ,shashka, voleybol, futbol, qoʼl toʼpi , kurash , baskedbol, yengil atletika) Shukurjon Аlimova rahbarligida » Yosh kitobxonlar», toʼgaraklari muntazam ishlab turibdi.

Bu yil oramgohimizga Urganch tumanidagi oilaviy bolalar uylaridan ham bolalar hordiq chiqarish uchun tashrif buyurishdi. Vohidjon Qurbonov,Karina Qurbonova,Xonimjon Аrtiqova,Ulugʼbek Rashidov,Muhammadali Odamboev singari oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari oramgohimizda yangi doʼstlar orttirishib dam olishlarini maroqli oʼtkazishmoqda.

-“Isteʼdod”bolalar sogʼlamlashtirish oramgohida yoz mavsumini koʼngildagidek qilib oʼtkazishni reja qilganmiz.Bizdan dam oluvchilar albatta xursand boʼlib ketishadi degan umiddamiz,- deydi oromgoh direktori Joʼrabek Roʼzmetov faxr bilan.

 

Muborak NURJONOVА,

Xorazm viloyati Qoʼshkoʼpir tumanidagi “Isteʼdod” bolalar sogʼlomlashtirish oromgohi tarbiyachisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan