Yolg’izlik
Yolg’izlik

Yolg’izlik

574 marta ko'rildi

Yolğizlik qanday ekanligini bilasizmi? Yolğizlik ikki xil bóladi. Oilasi ham yaqinlari ham yóq butluk yolğizlik, ikkinchisi esa oilang ham yaqinlaring ham bor bóla turib ózingni yolğiz his qilishdir. Xósh qay biri oğirroq. Menimcha ikkisi ham oson emas. Eng qiyini shundaki ota onang dóst-u dugonalaring yoningda bólsa-yu lekin sen ulardan ózing istagan mehr e’tiborni ololmasang. Bu qanchalar qiyin. Ba’zilar seni telbaga chiqarib qóyadi.  Mehrsiz hayot shundaki bu huddi qoronği tubsiz va juda sovuq  jarlikda yashashdir. Shu qadar qoronğuligidan atrofingdagilarni kim dóst-u kim dushmaning ekanligini bila olmaysan. Shu tufayli ham begonalarning soxta mehri-yu soxta shirin sózlariga boğlanib qolasan. Oxir oqibat ularning qólidagi óyinchoqqa aylanasan. Xatolar ketidan xatolar ular huddi zanjirdek boğlanib ketaveradi. Sen esa hamon senga chin mehr bera oladigan seni tupsiz jarlikdan qutqara oladigan insonni izlayverasan. Yurishni bilmaydigan yosh boladek kimdir qóllaringdan tutishini senga suyanchiq bólishini istaysan. Hayotning qiyinchiliklarga tóla yòlida yolğiz ózing qaddingni tik tuta olmasligingni sinovlarga bardosh bera olmasligingni his qilasan. Góyoki ózing uchun sen dunyodagi eng kuchsiz eng ojiz insonsan.  Qoronği tupsiz va sovuq jarlikda kimdir hayotinga nur iliqlik olib kelishini kutib yashaysan. Ammo sovuqdan yuraging muzga aylanadi. Mehrsiz hayotga kónika boshlaysan. Vujudingni ğazab, alam, nafrat kabi hislar egallab oladi. Ichdan qanchalik ojiz bólsang tashqaridan shunchalik kuchlidek kórinishga harakat qilasan. Jismonan kuchli bólsangda ruhan ojizsan. Óz xatolarini tan olmaydigan faqat atrofdagilarni ayblaydigan shaxsga aylanasan. Ichingda nimalar bólayotganini seni tushinmaydiganlarga baland ovoz ila baqarib aytmoqchi bolas an-u, lekin góyoki dardlaringni ifodalash uchun sóz yóqdek. Ammo ba’zida seni eshtishni istamayotganlarning davrasi skut qilish tóğriroq. Chunki seni ózingdan ózga hech kim tushinmaydi. Ichingda tuyğularing ğalayon kótaradi. Bazida ózing bilan ózing kurashasan,  ammo ğolib ham mağlub ham ózingsan.  Eng muhimi  umidni sóndirmaslik.

Buni óqiyotgan har bir  shaxs bilishi kerakki, hozirda unib ósayotgan har bir yosh avlod uchun mehr eng tóğri tarbiyalash usulidir.

 

Ozoda SHERIMMETOVA,

 Gurlan tumanidagi  27-umumiy o’rta ta’lim maktabining 9-  sinf o’quvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan