OʻTTIZ YOSHING MUBORAK OʻZBEKISTONIM!
OʻTTIZ YOSHING MUBORAK OʻZBEKISTONIM!

OʻTTIZ YOSHING MUBORAK OʻZBEKISTONIM!

513 marta ko'rildi

Malohat JUMANIYOZOVA

1973- yil 3- dekabrda Xorazm viloyati Xiva shahrida ziyoli oilasida tugʻilgan.Maʼlumoti oliy.Metodik kitobi va ssenariylari nashr qilingan.Maqolalari respublika jurnallarida chop etilgan ,,XIl asrda Taʼlim va fan” Xalqaro konferensiyasi ishtirokchisi. Turon Fanlar Akademiyasining faxriy dotsenti.

Sevinchdan koʻzimda qalqigan yoshsan,

Boshimga baxt nurin sochgan quyoshsan.

Qalbimda muhabbat, dilda bardoshsan,

Sen bilan goʻzaldir, oʻtgan har onim,

Oʻttiz yoshing muborak Oʻzbekistonim!

Adashsam yoʻlimda mayoqsan oʻzing,

Zulmatli tunimda chiroqsan oʻzing.

Kibru- havolardan yiroqsan oʻzing,

Sen bilan goʻzaldir oʻtgan har onim,

Oʻttiz yoshing muborak Oʻzbekistonim!

Mehring favvoradek sochasan har yon,

Qalbing havodek sof, yuraging ummon.

Ayanchli oʻtmishing dilingda armon,

Sen bilan goʻzaldir oʻtgan har onim,

Oʻttiz yoshing muborak Oʻzbekistonim!

Vatan deb qon yutib oʻtmadi kimlar?

Istiqloling orzu etmadi kimlar?

Shaʼningga ashʼorlar bitmadi kimlar?

Sen bilan goʻzaldir oʻtgan har onim,

Oʻttiz yoshing muborak Oʻzbekistonim!

Ajdodlar ruhlari qoʻllagay doim,

Eng nurli yoʻl tomon yoʻllagay doim.

Peshonang silagay qodir Xudoyim,

Sen bilan goʻzaldir oʻtgan har onim,

Oʻttiz yoshing muborak Oʻzbekistonim!

***

Gulzoringdan yigʻdim asal, gulchiroy Oʻzbekistonim,

Eʼzozladim, mangu olding qalbdan joy Oʻzbekistonim.

Qarogʻimda asray mudom,menga aziz ushbu kalom,

Ona yurtim ming assalom xushroʻy Oʻzbekistonim.

Oq oltinni tengsiz konlar, qora oltin ham maʼdanlar,

Huzurbaxshdir sharaf shonlar, bugun boy Oʻzbekistonim.

Yuraklari boʻlib dengiz, vatanim dunyoda tengsiz,

Muhabbati tubi cheksiz, hotamtoy Oʻzbekistonim.

Zabardast oʻgʻlonlar yurti, olam aro tutib koʻzgu,

Yurakda niyati ezgu, joʻshqin soy Oʻzbekistonim.

Doʻstlik sari tuzgan karvon, nochorlarga hamroh har on,

Oʻgʻlonlari mard pahlavon, mehrga boy Oʻzbekistonim.

Quyosh sevib koʻnglin olgan, bobolari dovruq solgan,

Dunyo ahli hayron qolgan, goʻzal joy Oʻzbekistonim.

Malohat JUMANIYOZOVA.

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan