USTOZLARGA TAʼZIM,EHTIROM…
Mehr nuri yogʻar doim koʻzingizdan, ustozlar,
Yursam deyman bu tabarruk izingizdan, ustozlar.
Chin insonlik kitobiga baxt-u hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim soʻzingizdan, ustozlar.
Bolaligimizdan qalbimizga, dilimizga oʻrnashib qolgan shoir Poʻlat Moʻminning “Ustozlar “sheʼrni xonanda Sanobar Rahmonova ijrosida har gal tinglaganimda vujudimni bir ajib his chulgʻab oladi.Beixtiyor ustoz boʻlganimdan faxrlanib, gʻururlanib ketaman.Har yili 1-oktyabr”Oʻqituvchi va murabbiylar “kuni arafalarida menga bilim bergan, qoʻlimdan tutib harf tanitgan mehribon ustozlarimni xotiralayman.Qoʻlimga guldasta olib yoʻqlagani boraman.Bayram bilan ustozlarimizni muborakbod etish goʻyo kamdek tuyulaveradi menga. Shu sababli dilimdagi bor yaxshi soʻzlarimni qogʻozga tushirishni lozim topdim.
Zero,ulugʻ hazrat Alisher Navoiy bejiz: “Haq yoʻlinda kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila, Aylamak boʻlmas ado aning haqqin yuz ganj ila” demaganlar.
Ustozlar — bugunning eng aziz, eng ulugʻ va moʻtabar kishilaridir. Ularning kasbi dunyoda eng insonparvar va sharafli kasbdir. Ustoz soʻzi dunyoning barcha tillarida katta izzat-ehtirom va sharaf bilan tilga olinadi. Har birimizning qalbimizda qon-qarindosh va yaqinlarimiz bilan bir qatorda sevimli oʻqituvchimiz, bilimlar olamiga yoʻl ochgan inson turadi.Xatto buyuk xonlar ham ustoz poyiga bosh egganlariga tarix shoxid.Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruz shoirlikda Ogahiyni oʻziga ustoz tutganligi,hatto ulugʻ shoir betob yotganida xon barcha ayonlari bilan ustozni koʻrgali borganligi tarixiy manbalarda aniq bayon etilgan.Bu albatta ustozga boʻlgan mehr oqibatning yorqin namunasi emasmi?
Feruz Ogahiyga qoʻl bergani rost
Sheʼriyat bogʻida gullagan nazm.
Shorlar ham demishlar qoʻli koʻksida
Ustozi avvalim sizga ming taʼzim.
Yurtimizda 1-oktyabr”Oʻqituvchi va murabbiylar “kuni 1997-yildan beri bayram qilinib kelinadi.Bunday kasb bayrami,ustozga hurmat ehtirom hech bir xalqlarda uchramaydi.Bu ham boʻlsa xalqimizning ustozga boʻlgan mehr-u vafosining bir koʻrinishi emasmi?
Mening mana oʻqituvchilik-ustozlik kasbini egallab ishlab kelayotganimning ham bu yil oʻn yettinchi bahori.Shogirdlarimga taʼlim-tarbiya berib ustozlarim qatorida men ham ustoz degan ulugʻ martabaga erishganimdan xursandman.Bunda albatta ustozlarimning benihoya hissalari bisyor.Mening qoʻlimga qalam tutqazib oq-qorani tanitgan mehribon ustozlarim qatorida mendan maktabga ishga oldin kelib ish boshlagan xamkasblarimni ham oʻzimga ustoz deb bilaman.Mana shu bayram kunlari qalbimning toʻrida saqlanayotgan eng ezgu tilaklarimni ,eng sara soʻzlarimni ularga aytgim keladi.
Axmed Abdullayev maktabimizning direktori,dono rahbari,Maryamjon Jumaniyozova oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, Sayyora Madaminova ona tili va adabiyot muallimasi, Gavharjon Allanazarova, Anorjon Jumaniyozova, Sumbul Madrimova, Sanobar Xudoyberganova boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, Zulfiya Jumaniyozova, Zevarjon Matniyozova texnologiya fani ustozlarini men oʻzimga ustoz maqomida koʻraman. Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin aziz ustozlarim!
Yana qalbim chinakam gʻurur va iftixorga toʻladiki Iroda Panayeva, Zebo Matniyozova, Muhabbat Matyoqubova, Maqsuda Madrimovalarni tengdoshlarim sifatida, Umida Allaberganova, Muxiddin Sobirov, Moxira Qurbonboyeva, Risolat Sobirova, Dilnoza Baxtiyorova, Sevinchoy Abdullayeva, Nafisa Baxtiyorova, Mamlakat Otajonova, Jasur Yusupov, Inobat Bekchonova, Norbek Rahimov, Ollabergan Ollaberganovlarni shogirdlarim sifatida hurmat qilaman.Bayram muborak boʻlsin aziz hamkasblarim.
Qalbingizning yoʻq gʻubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bogʻining bogʻbonisiz, charogʻbonsiz koʻngilga,
Ming ehtirom oʻgʻlingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Dilnoza FIRNAZAROVA,
Xiva tumanidagi 39-umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi