Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi davom etmoqda
Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi davom etmoqda

Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi davom etmoqda

461 marta ko'rildi

FAN OYLIGI-BILIM BOYLIGI

Sentabr oyi bilamizki,”Boshlang‘ich ta’lim fani oyligi. Men rahbarlik qilayotgan boshlang’ich ta’lim uslubbirlashmasida besh nafar pedogog faoliyat olib bormoqda. Ustozlarimiz o ‘z ishining fidoyilari, jonkuyarlari hisoblanadi. Barcha darslar interfaol usulda,ochiq dars shaklida olib borilmoqda. Biz ham fan oyligi doirasida bir qancha ishlarni rejalashtirib oldik. A’zolarimiz bilan oy davomida ochiq darslar, tadbir  va bellashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirdik. Fan oyligini dastlabki  haftasida  barcha sinf o‘quvchilaridan kirish testlari olindi.Sinflar o‘rtasida “Kimning xati chiroyli “tanlovini o’tkazdik. Bundan tashqari 4”A” va 4“B”-sinflar o‘rtasida “Kim epchil-u kim chaqqon“ bellashuvini o’tkazildi. Bellashuv besh shartdan iborat bo’lib 1-sharti –har bir guruh she’r orqali    o ‘zini tanishtirdilar. 2-shart-Bahrubayt sharti. 3-shart– ikki guruhga ham matn berildi va matnga sarlavha topib,mazmunini gapirib berishdan iborat. 4-shart –krossvord bajarish. 5-shart-Cho‘qqini zabt etib o‘yinidan foydalanib topshiriqni bajarish .Bunda ikki sinf o ‘quvchilari ham faol ishtirok etib, do‘stlik  g‘alaba qozondi. Bunday bellashuvlar       ko ‘p tashkil qilinishini, o‘quvchilarni tirishqoqligini,bilimini chuqurlashtirishga imkon yaratib berishimizga yana bir bora amin bo ‘ldik.

“Ko ‘rgazmali qurollar” tanlovini ham tashkil qilinib,sinflar  o‘rtasida eng faol o ‘quvchilar rag ‘batlantirildi.

Fan oyligimizning oxirgi haftasida barcha sinflardan chiqish testlari  olindi. Eng faol o ‘quvchilar,eng faol sinf , eng faol ustoz nominatsiyasi  bo‘yicha rahbariyat tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Zebo MATNIYOZOVA,

Xiva tumanidagi 39- umumiy o’rta ta’lim maktabining

                  boshlang ‘ich  ta’lim   fani o ‘qituvchisi,uslubbirlashma rahbari.                 

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan