Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi
Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi

Maktablarda boshlang’ich ta’lim fan oyligi

393 marta ko'rildi

LUG‘AT USTIDA ISHLASH

 M a’lumki, so‘z predmet, belgi, harakat va miqdorga nom bo ‘lishi bilan birga atrofimizdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlarning ham nomi sifatida vujudga keladi. 0‘quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab, turli darslar vositasida lug‘atini boyitib boradi.  0‘quvchi lug‘atining boyishiga, birinchi navbatda, uni      o ‘rab olgan muhit, tabiat, kishilarning hayoti, o ‘qish faoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo ‘lgan muloqatlari asosiy manba vazifasini bajaradi.

Bola tabiat va insonlar bilan munosabatda b o‘lishi natijasida so‘z, ibora tasviriy ifoda, maqol, hikmatli so‘zlarni o ‘rganadi, ularni o ‘z so‘zlariga aylantiradi.Badiiy asarlar o ‘quvchilar lug‘atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba hisoblanadi. 0‘qish darslarida badiiy asarlar bilan tanishish, tahlil qilish jarayonida o ‘quvchilar lug‘ati ma ’lum mavzular bo ‘yicha ham boyib boradi.Masalan, yil fasllariga oid mavzular bilan tanishish jarayonida tabiatdagi o ‘zgarishlar, qushlar, jonivorlar, hayvonot olami, dov-daraxtlar, maysa-giyohlar bilan bog‘liq tushunchalari shakllantirilsa, m a ’naviyat, yaxshilik va yomonlik, do ‘stlik mavzularidagi asarlarni o‘rganish orqali insoniy munosabatlar, axloq-odob yuzasidan muayyan xulosalarga keladi.Matnni o ‘qish jarayonida so‘zning  ma ’nosi tushuntirilmaydi. Agar unga zarurat sezilsa, o ‘quvchilar diqqati m atn m azm unidan chalg‘itilmay, qisqa izoh berib o ‘tib ketiladi.

K o ‘c h m a   m a’noda ishlatilgan so‘zlar m atn o’qilgandan keyin tushuntiriladi. Chunki ularning     m a’nosi matn m azm unidan yaxshi tushuniladi. Вundan ko‘rinib turibdiki,  o ‘quvchilarning o ‘rganishi ko‘zda tutilgan bilimlarni egallashlarida, ularni amaliyotda qo ‘llashlarida tilning lug‘at boyligini o ‘zlashtirishlari va uni o ‘z mulklariga aylantirishlari muhimdir.Boshlang ‘ich ta’limda lug‘at ustida ishlashning umum iy yo‘lyo ‘riqlari, yo‘nalishlari, manbalari haqida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan bo ‘lsa-da, ularni hali qoniqarli ahvolda deb bo‘lmaydi.

Lug‘at ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. U barcha predmetlarni    o ‘rganishda, asosan, ona tili va o ‘qish darslarida darslik materiallarini o ‘rgatish bilan bog ‘liq holda olib boriladi.

Sanobar XUDOYBERGANOVA,

Xiva tumanidagi 39- umumiy o’rta ta’lim maktabining

                  boshlang ‘ich  ta’lim   fani o ‘qituvchisi.                  

 

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan