Boshlang’ich ta’lim fan oyligi
Boshlang’ich ta’lim fan oyligi

Boshlang’ich ta’lim fan oyligi

374 marta ko'rildi

BOSHLANG’ICH SINFDA   ULUG ‘BEK HAMDAMNING

“VATAN DESAM “ SHE’RINI O ‘RGANISH

Ma’lumki she’r ohang  jihatdan ma’lum bir tartibga solingan ,his-tuyg ‘u  ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm  va qofiya hisoblanadi.She’ rni o ‘qiganda kichik yoshdagi o ‘quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarning  poetik tasvirdan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega.Odatda lirik she’rlarda shoirning ichki kechinmalari bilan birga tabiat ko ‘rinishi ham ifoda etiladi, shuning uchun she’rdagi peysaj tasvirini o‘rganish ham alohida o ‘rin tutadi.

Biz Ulug ‘bek Hamdamning “Vatan desam “she’rini o ‘rganish jarayonida ,shoirning Vatanga bo ‘lgan cheksiz muhabbati ,jannatmakon o‘lkamizning  musaffo osmoni porlab turishi va quyoshimiz charaqlab nur taratishi ,bunday yurtni hech qayerdan topa olmasligimizni alohida ta’kidlab  o‘tadi.

                                  Vatan desam ko ‘zimga,

                                   Qatra-qatra yosh kelar.

                                   Yosh ichida miltirab,

                                   Buyuk bir bardosh kelar.

Darhaqiqat,dunyoda yurtlar ko’p ,turli xalqlar yashaydi .Biroq har bir odam bolasining aziz bilgan tuprog‘i bor .Bu esa tug ‘ilib  o‘sgan joyi, o‘z Vatanidir.Bizning vatanimiz esa –jonalon O ‘zbekiston! Biz mana shu aziz zamin farzanlarimiz. Biz ulug‘ bobolarimizdan meros bu azim tuproqning  har zarrasini ko ‘zga  surtamiz, muqaddas hisoblaymiz!

Darsimiz qiziqarli bo ‘lib tashkil qilindi ,chunki  o‘quvchilarga oldinda she‘rni  yod olish va tahlil qilish aytilgan edi . Barcha  o‘quvchilar faol qatnashdilar. Jumladan she’rni  ifodali   o‘qishda  O‘g ‘iloy Polvonova , Javohir Rajabov, Shohjaxon Qadamov, Jasmina  Otaboyeva , Shahlo Karimovalar faol qatnashdilar . Savol va toshiriqlarga Sarvarbek Bahodirov, Rustamboy  Rustamov, Yovbosar Tojiyev,  Umriniso To’ rayevalar javob berdilar. Dars o’quvchilarning to’la faolligida o’tkazildi.

 

           Gavharoy ALLANAZAROVA,

Xiva tumanidagi 39- umumiy o’rta ta’lim maktabining

                  boshlang ‘ich  ta’lim   fani o ‘qituvchisi.        

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan