“Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialiga qarashli shahar – tuman gaz taʼminoti uy ichi gaz jihozlariga servis xizmatini koʼrsatish boʼlimlari tomonidan aholi xonadonlari xatlovdan oʼtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida zamonaviy, tejamkor gaz-uskunalari oʼrnatilishi hamda tabiiy gazni tejash bo’yicha targ’ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, “Qo’shko’pir tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi “Servis xizmatini koʻrsatish” xizmati xodimlari tomonidan joriy yilda 5 854 ta tejamkor gaz-uskunalari oʼrnatilishi natijasida 1 656 330 kub metr tabiiy gaz sarfining iqtisod qilinishiga erishildi.
Hurmatli iste’molchilar! Sizdan o’z xonadoningizdagi gaz qurilmalarini vaqtida ko’rikdan o’tkazish, aniqlangan kamchiliklarni mutaxassislar yordamida bartaraf etish va tejamkor uskunalardan foydalanib, tabiiy gazni tejashda o’z hissangizni qo’shishingizni so’raymiz.
Zero, tejamkorlik – farovonlik manbai.
“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati.