Yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchilarga yanada qulayliklar yaratildi
Yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchilarga yanada qulayliklar yaratildi

Yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchilarga yanada qulayliklar yaratildi

333 marta ko'rildi

Oʻzbekiston Prezidentining 07.05.2021da “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5108 qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxirigacha avtomobilda yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.

Bunda:

-yoʻlovchilarni haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga kiritiladi;

-yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoʻlovchilarni yengil avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;

-litsenziya varaqasi 21 yoshga toʻlgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq boʻlmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Litsenziya” axborot tizimi orqali beriladi;

-avtomobilda yoʻlovchilarni tashish bilan shugʻullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Akkreditatsiya markazi” DUKda akkreditatsiyadan oʻtgan texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;

-yakka tartibdagi tashuvchilar litsenziyaga ega korxonalarda hamda yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;

-yakka tartibdagi tashuvchilarga yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;

-yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;

-yakka tartibdagi tashuvchilar qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 3 tonnagacha yuk koʻtarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada toʻlaydi.

Shu bilan bir qatorda:

– Yoʻlovchi tashishda foydalanilayotgan avtotransport vositalarining rangi va maxsus seriyali davlat raqami belgisi boʻyicha oʻrnatilgan amaldagi talablar 2023-yil 1-yanvarga qadar toʻxtatib turilsin.

-Yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talablari bekor qilinshinishi belgilab qoʻyildi.

Ushbu Qonunchilikka kiritilayotgan o ʼzgartirishlar aholi va tadbirkorlik subʼyektlari uchun qulay imkoniyatlar beradi.

Oʻ.YUSUPOV

Yangibozor tuman Davlat xizmatlari

markazi boʻlimi boshligʻi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan