TA’LIMGA E’TIBOR:  “OʻZBEKISTON – 2030  STRATEGIYASIDAN IJTIMOIY TARAQQIYOT SARI ISHONCHLI YO’L
TA’LIMGA E’TIBOR: “OʻZBEKISTON – 2030  STRATEGIYASIDAN IJTIMOIY TARAQQIYOT SARI ISHONCHLI YO’L

TA’LIMGA E’TIBOR: “OʻZBEKISTON – 2030  STRATEGIYASIDAN IJTIMOIY TARAQQIYOT SARI ISHONCHLI YO’L

474 marta ko'rildi

Bugungi kunda muddatli strategiyalar yaxshi samara berayotganligi sir emas. Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11 sentabrda «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi tasdiqlandi.  Ushbu strategiya 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o’z ichiga olgan. Xususan, strategiyaning har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish deb nomlangan I-bobida ta’lim tizimi islohotlari sifatida:

Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash;

Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish;

Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish;

Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;

Ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni to‘liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish;

Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish;

Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlash, 30 ta oliy ta’lim muassasasining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, “Top-500”ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma ta’lim dasturi asosida “ikki diplomli tizim”ni joriy etish, 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritishga erishish, bu borada  Urgancha davlat pedagogika institutida xorijiy davlatlarning nufuzli Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomalar imzolanib, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlari qo‘llab-quvvatlanmoqda. 40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushini oshirish, stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini ko’paytirishga alohida ahamiyat qaratilgan.

Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish va ilmiy salohiyatni 70 foizga yetkazish ko’zda tutilgan.

Shu bilan birga strategiyada aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Unga ko’ra, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlashga katta  e’tibor qaratilgan. Xususan Urganch davlat pedagogika instituti Xorazm viloyatida gender tenglikni ta’minlashda eng faol tashkilot sifatida e’tirof etildi va institut rektori Feruza Madrahimova “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Strategiyada ko’zlangan maqsadlar, avvalo xalqimizga munosib turmush sharoitlarini yaratib berishiga ishonamiz.

Sh. Samanova – UrDPI dotsenti.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan