Ishonchingizni oqlayman aziz ustozlarim!
Ishonchingizni oqlayman aziz ustozlarim!

Ishonchingizni oqlayman aziz ustozlarim!

422 marta ko'rildi

               1-oktabr    Ustoz  va   murabbiylar  kuni  

Inson  yaralibdiki,  doimo  intilish,  o`rganish  va   izlanish  bilan  tirik. Chunki  u   doimo  go`zalikka   intilib  yashaydi.  O`zidan   yaxshi  nom  qoldirishni  istaydi.  Farzandlarining  komil  inson  bo`lishini,  yaxshi  kasblar  egasi  bo`lib  nom  qozonishini,  hayot  bulog`ida  qaynab  o`z  o`rniga  ega  bo`lishini  istaydi.

Dunyodagi   ming – minglab   kasblar  orasida  ikkita  buyuk  kasb – shifokorlik  va  o`qituvchilik   kasbi   bor.  Ular   hech  qachon   o`zining   ma`no – mazmuni  va  oliyjanobligini,  ahamiyatini  va  hurmatini  yo`qotmaydi.  Ayniqsa  o`qituvchilik  ya`ni  inson  tarbiyasi,  uni  haqiqiy  inson  qilib  tarbiyalash  eng  mushkul  vazifalardan   sanaladi.  Ustoz  bu  ishga  butun  borlig`ini,  mehrini  bahsh  etadi.  Minglab  murg`ak  qalblarga  oqu – qorani   tanitadigan,  ezgulik  yog`dusini   baxsh  etdigan  kelajakka    ziyrak  nigoh   tashlashga  o`rgatadigan,  yoshlar  qalbida   ertangi  kunga   qat`iy  ishonch  uyg`otadigan,  shogirdlari  uchun  hayotning   achchiq – chuchuk  sinovlarida  doimo  yordamga  shay  turadigan,  qoqilsa  suyab  yiqilsa  turg`uzadigan,  yutuqlaridan   quvonadigan  o`qituvchilar  murabbiylar  mehnatining  o`lchovi  yo`q.

Men  maktabimizdagi  barcha  ustozlarimni  yaxshi  ko`raman,  ularga  havas  qilaman.  Kelgusida   o`z  kasbini  sevadigan  qadrlaydigan   o`qituvchi  bo`lishni  orzu  qilaman  bu  orzuyimga  yetishishda  ustozlarimning  xizmatlari   katta   bo`lishini   bilaman  va   ularning  ishonchlarini  oqlashga  harakat  qilaman.

 

Gulinur MADAMINOVA,

Qo’shko’pir tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 6-sinf o’quvchisi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan