O’qituvchi bu o’quvchiga darslikdagi bilim nazariyani o’z bilim va metodlar orqali o’quvchi tiliga o’girib beruvchi vositachi bo’lib o’qituvchi darslikdagi ma’lumot va mavzularni boshqa fanlar va tashqi muhit bilan bog’lab o’rgatishi kerak.
Masalan, matematika fanida mavzu nomi tarif, qoidalar, teoremalar, masallar mazmuni va hokazolarni o’qituvchi o’zini metodi bilan hayot bilan bog’lab o’rgatishi zarur. Men o’z 21 yillik ish tajribam davomida o’zim ishlab chiqqan o’quvchilarga tushunarli va qiziqarli bo’lgan metodlarni qo’llab, ish tajribam davomida bir qancha yutuqlarga erishdim. Jumladan, bir nechta xalqaro olimpiada g’oliblarini va matematika fanida bir qancha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqqanman.
1.1.
7-sinf algebra «Qavslarni ochish» mavzusi. Matematikani fundamental mavzularidan biri bo’lib oddiy qavslarni ochish qoidalarini oquvchi mukammal o’rganmas ekan keyingi bosqichlarda o’quvchi juda ko’p xatoliklarga duch keladi. Buni oldini olish uchun o’qituvchi mavzuni hayotiy misollar orqali ko’rsatishi kerak. Bu hayotiy misollar o’quvchining xotirasida bilim va tarbiya misolida bir umrga qolishi kerak. Masalan: ((5x+1)(3x+5)+20x))), buni maktabdagi sinfxonasiga, uydagi mehmonxonaga tashqaridan kirish misolini ko’rib chiqamiz.
Oldin uyni eshikini ochib, kirib karidor orqali mehmonxonaga kirishni rasmlarda ko’rsatdik.Ya’ni qavslarni ochmasdan ammallarni bajarish degani. Ya’ni bunda qavslarni ochmasdan amallarni bajarsak, uydagi mehmonxonaga biz to’g’ridan to’g’ri mehmonxonani derazasidan kirgandek ish qilgan bo’lamiz, ya’ni bu metod orqali o’quvchiga tarbiya va esda qolarli bilim berilgan bo’ladi.
Muhtaram prezidentimiz ta’kidlaganidek o’qituvchi yuksak psixologik va pedagogik salohiyatga ega mukammal inson bo’lishi jamiyat taraqqiyoti, rivoji va ma’naviyati yuksalishida muhim o’rin egallaydi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda o’qituvchilar tomonidan bolalarni urish, so’kish, haqoratlash videolari ko’p uchramoqda va tanqidlar yuzaga kelmoqda. Zamon rivojlanishi, texnika asrida o’quvchilar telefon, internet sirlarini o’rganib, o’qituvchidan o’z nazaridan oldinlab bormoqda, darsni qiziqi yo’q, darsda internet va telefon ko’rib, darsga bee‘tibor o’tiradi. Ayrim o’zini psixologik, pedagogik salohiyatga, dars o’tish va tarbiya metodlariga ega bo’lmagan o’qituvchilar bunday jarayonlarda urib, sokib, haqoratlab o’z darsida jim o’tirishni talab qilmoqdalar va ijtimoiy tarmoqlarda o’qituvchilik degan sharafli kasbga dog’tushirmoqdalar. Bu muammolarni oson yo’l bilan ham xal qilsa bo’ladi, ya’ni nojo’ya xarakatlar qilganda urib, so’kib emas,balki o’zini tarbiya metodlari orqali chiroyli tasniflar va qoidalar asosida tanbeh bersin, o’quvchi onggiga bir umr ta’sir qilsin, o’quvchi qilayotgan noto’g’ri xarakatini anglasin, uyalsin va boshqa bu holatlarni takrorlamasin.Ya’ni o’qituvchi o’z darsi mavzusi misolida odob-axloq qoidalari, tarbiya va bilim uyg’unligida o’rgatishi kerak.Masalan, men bundan 20 yil oldin talabalik paytimda matematika fanidan murakkab bir masalani yechgani doskaga chiqdim, qo’limda kitobni buklagan holda masalani yechdim va qarab turdim, ustoz menga qarab xatongni top dedi. Masala to’g’ri yechilgan edi, lekin 3 marotaba o’chirib, masalani qaytadan yechdim. Yana shu javob chiqdi, ustoz xatongni topmading dedi va men ustozga xatom yo’q deb javob qaytardim. Keyin ustoz menga oddiy usulda qo’lingdagi kitob qanday ushlanadi? Buklanibmi? Bu kitobdan faqat sen foydalanasanmi? Sendan keyin talabalar o’qishi kerakmi? To’g’rimi? dedi. Bu seni xatoying dedi. Menga bu ustoz hozirgi ijtimoiy tarmoqlardagi mavzuga chiqqan o’qituvchilar singari urib, so’kib, haqoratlab tanbeh berganida, meni nazarimda o’sha masala ham esimda qolmas edi, o’sha ustozga nisbatan xotiramda faqat nafrat qolar edi. Lekin bu ustozim hozirgi kunda shunday salohiyatga, bilimga, aqlga ega bo’lgani uchun olim, dotsent, kafedra mudiri, davlatimizning bir qancha unvonlari egasidir. Shu ustozni bergan saboqlardan va tarbiya ustida hozirgi kungacha ish tajribamda qo’llab, Allohga behisob shukr, o’quvchilar bilan murosaga kelyapman. 20 yildan oshiq ish tajribamda hech qanday to’siqlarga uchramadim.O’qituvchi mohir salohiyatga ega pedagog va psixolog bo’lsa, uni o’quvchiga bergan ta’lim tarbiyasi bir umrlik dars va xazinadir…
Shodiya NARBOYEVA,
Qo’shko’pir tumanidagi 1-son IDUM ning oily toyifali matematika fani o’qituvchisi.Xalq ta’limi a’lochisi.