Yoshlarnni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash
Yoshlarnni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash

Yoshlarnni milliy qadriyatlarimizga mos ravishda tarbiyalash

257 marta ko'rildi

Ma’naviyatimizning o‘zagi milliy – an’analarimiz oila bag‘rida, mahalla  ostonasida  shakllanib  kamol  topgan  bo‘lib, asrlar davomida ajdodlarimizdan  avlodlarga  meros sifatida  yetib  kelgan  urf odatlarimiz,  qadriyatlarimiz,  an’analarimiz  ham  milliyligimiz  ramzi  bo‘lib,  katta  qadrga  egadir.

Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni har doim kuzatib, nazorat qilish zamonning dolzarb masalalari qatoriga kiradi.

Hozirgi davrda taraqqiyotimiz uchun xavfli bo‘lgan, yoshlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi, yoshlarni dushmanlik ruhida tarbiyalaydigan buzg‘unchi g‘oyalarga qo‘shimcha ta’sirlar sifatida quyidagi vositalardan ham foydalanilmoqda, bular: internet, sputnik aloqalari, badiiy adabiyot, gazeta va jurnallar, san’at (tasviriy san’at, haykaltaroshlik, kino, seriallar, musiqa, raqs) orqali salbiy ta’sir o‘tkazishdir. Bunday tahdidlarning turlari, ularning xususiyatlari ba’zan oshkora va ba’zan o‘ta maxfiy, ichki, yashirin bo‘ladi, bu maqsadlarni bilish va o‘z vaqtida anglash hamda unga qarshi javob berish uchun, yoshlar yuksak ma’naviyatli, g‘oyaviy ongli, ma’naviy barkamol bo‘lishlari shart. Faqat shunday yoshlargina bunday ta’sirlardan  himoyalanishga qodir bo‘ladi.

Hozirgi kundagi mavjud bo‘lgan mazkur mafkuraviy va ma’naviy xurujlarning maqsad va mohiyatini o‘z vaqtida anglab oladigan va ularga qarshi o‘z fikri va mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir. Milliy qadriyatlar insonni o‘z-o‘zini anglashi, milliy g‘ururga ega bo‘lishi, o‘z millati va uning tarixi bilan faxrlanuvchi, yuksak ideallarga intiluvchi va mehnatsevar, iymonli va insofli, o‘tmish ajdodlar va keksalarga nisbatan izzat-hurmatli hamda yurt taqdirini o‘z taqdiri bilan bir deb hisoblovchi shaxs bo‘lib yetishishi uchun xizmat qiladi.

Yoshlar faolligini ta’minlashning yana bir muhim yo‘nalishi ular ongida milliy urf-odat va an’analarni shakllantirishdir. Milliy urf-odatlar hayotimizning har bir sohasiga singib ketgan bo‘lib, bu urf-odatlar bizni aynan qaysi xalq vakili ekanligimizni ko‘rsatuvchi izoh, ya’ni, bizning kim ekanligimizni isbotlovchi dalil hisoblanadi. Chunki, ma’naviy barkamol yoshlarni o‘ziga xos bo‘lgan milliy urf-odatlar xayr-saxovat, mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharm-hayo, iffat, bosiqlik, ulug‘vorlik, sabrlilik kabi ma’naviy fazilatlar, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik, bolajonlilik, oqko‘ngillilik, mehnatkashlik kabi milliy qadriyatlar aynan urf-odat an’analarda qaror topadi. Shunday ekan, milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash millatning o‘ziga hurmat bilan qarashning asosiy belgisidir. Ming yillar mobaynida shakllangan milliy qadriyatlarimiz hozirgi davrda yaratilgan madaniy-ma’naviy boyliklar bilan qo‘shilib, taraqqiyotimizni tezlatadi, g‘oyaviy va ma’naviy poklanishni ta’minlashga ko‘maklashadi. Qadriyatlarning barcha turlari insonning ayniqsa, yoshlarning farovon hayot kechirishi, erkin yashashi, ma’naviy-axloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo‘lib hisoblanadi.

Yoshlarimizning ma’naviy tarbiyasida beparvolik va va loqaydlik hukm sursa , eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yilsa,  o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Yoki aksincha, qayerda xushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur xukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi.

Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi kunimiz, erkin va faravon xayotimiz xam, O‘zbekiston XXI asrda jaxon xamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi xam – bularning barchasi, avvalambor yosh avlod, unib – o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir. Yoshlar tarbiyasida  doimo ogoh va  sergak bo‘lish,  hamda  milliy  qadriyatlarimizni  ularning  ongiga  singdirish  biz  ota- onalarning  burchimizdir.

Nigora RAHIMOVA,

Qo‘shko‘pir tumanidagi  1-umumta’lim maktabining ruhshunosi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan