Davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish — davr talabi
Davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish — davr talabi

Davlat aktivlarini shaffof holda xususiylashtirish — davr talabi

216 marta ko'rildi

Joriy yil 19 aprel kuni Muxtaram Prezidentimizning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish hamda davlat mulkini xususiylashtirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Viloyatimiz bo‘yicha Prezident qaroriga muvofiq ommaviy savdolarga chiqariladigan 20 ta davlat ishtirokidagi korxonalarning tarkibidagi tashkilotlarning aksiya paketlari (ulushlari), 65 ta davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk ob’ektlarini xususiylashtirish belgilangan. Bugungi kunda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda xususiylashtirilishi belgilangan davlat mulklarini “E-auksion” elektron savdo platformasiga auksion savdolariga chiqarish uchun zarur ishlar olib borilmoqda.

SHuningdek, mazkur qaror bilan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan «E-AUKSION» elektron savdo platformasi orqali 2024 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari bo‘yicha ijaraga olinganiga kamida besh yil bo‘lgan davlat mulki ob’ektini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida kapital ta’mirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgan va ijara to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lab kelingan hamda ushbu ob’ekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan takdirda ularga ushbu davlat mulki ob’ektini baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqi berilishi qayd qilingan.

Bundan tashqari qarorda davlat aktivlarini sotishni jadallashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida davlat aktivlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qat’i nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirilishi hamda davlat aktivlarining boshlang‘ich narxi pasaytirilgandan keyin ham uch oy muddatda sotilmagan taqdirda xususiylashtirishning boshqa usullari qo‘llanilishi belgilangan.

SHuningdek, qarorga muvofiq 2024 yil 1 maydan boshlab, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini sotishni tezlashtirish va ular negizida ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ob’ektlarini ishga tushirishni rag‘batlantirish maqsadida auksion savdolariga chiqarilgan er uchastkalari (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) uch oy davomida sotilmaganda, ularning boshlang‘ich narxi 30 foizgacha, olti oy davomida sotilmaganda 10 foizgacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytirilishi va sotib olish to‘lovlarining 15 foizini uch oy muddatda, qolgan qismini 10 yilgacha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratilmoqda.

Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan davlat aktivlari hamda mulk huquqi asosida sotib olingan er uchastkalari bo‘yicha dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha foizlarni hisoblash tartibi bekor qilinadi hamda to‘lovlarni, miqdoridan qat’i nazar, 5 yil ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish uchun amalga oshiriladigan dastlabki to‘lov miqdori 35 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.

M.Ishchanov

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish” AJ Xorazm viloyati

hududiy vakili      

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan