Хorazmda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi
Хorazmda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

Хorazmda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi

14 marta ko'rildi

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish» mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda. Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Xorazm viloyatida bo‘lib, unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimi E.Xudaybergenov  hamda boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, davlat haridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to’qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.

Muloqot davomida vazir vakili E.Xudaybergenov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirilib, korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi va korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻqib oʻrganish uchun yetkazildi.

“Manfaatlar toʻqnashuvi” toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ular tomonidan har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun ularni huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari, unga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik maviudligi haqida rasman ogohlantirildi.

Ochiq muloqotda Xorazm viloyati Prokuraturasi ma’sul xodimi B.Sariyev hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili I.Qosimov ham ishtirok etib, ular tomonidan ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi.

Muloqot so’ngida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag’ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.

Xorazm viloyati  Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tashkil etilgan korrupsion hamda manfaatlar toqnashuvi holatlari haqida xabar berishga moʻljallangan aloqa kanallari toʻgʻrisida

MAʼLUMOT

 

 

                                                                                                      Alisher Hasanov,

 Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha mutaxassis.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan