MUALLIF HAQIDA
Xursandbekov Asadbek Farxodbek o‘g‘li. 2005-yil 21-avgustda Andijon viloyati Bo‘ston tumanida tug’ilgan. «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti «Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti 2-bosqich talabasi.
BORASIZMI?
Ey qizgina, shoir holin aylamang xor,
Bilasiz-ku dilim faqat sizga xumor,
Hafa bo’lmang sizga bitta savolim bor,
Qishlog’imga kelin bo’lib borasizmi?
To’g’ri, endi sizlar shahar tomonliksiz,
Kelolmaysiz biz tomonga osonliksiz,
Qishloqlikdan kutmang aslo yomonlik siz,
Qishlog’imga kelin bo’lib borasizmi?
Tandirlardan issiq nonlar uzib yeysiz
Ariqlarda meva oqar terib yeysiz
Voydod! qishloq bunchalaram mazza deysiz
Qishlog’imga kelin bo’lib borasizmi?
«Tashkent city» lardan yaxshi dalalari,
Yurar to’da o’tlab chorva galalari,
Yoqimlidir kuzda quygan jalalari,
Qishlog’imga kelin bo’lib borasizmi
«Nest one»dan ham balandroqda adirlari,
«Духовка» dan «вобше» kuchli tandirlari,
Shaharlikdan ko‘ra qiziq taqdirlari,
Qishlog‘imga kelin bo‘lib borasizmi?
Biz tomonlar juda juda so‘lim joylar,
Chiroyliroq ko‘rinadi tunda oylar,
Biz tomonda yashaydi-da hamma boylar,
Qishlog‘imga kelin bo‘lib borasizmi?
O’G’LINGA ISMIMNI QO’YIBSAN
Ishqimni mayindek bod etib,
Yuribsan o’zingni shod etib,
Men g’arib, Majnunni yod etib,
O’g’linga ismimni qo’yibsan.
Menga sen bevafo yor bo’lib,
Yuribsan hayotda xor bo’lib,
Ismimni aytishga zor bo’lib,
Og’linga ismimni qo’yibsan.
Bo yimni bo’yiga bo’ylay deb,
Kunda bir o’ksinib o’ylay deb,
Har kuni men haqda so’ylay deb,
O’g’linga ismimni qo’ yibsan.
Yoringa sevishing aytmasdan,
Bag’ringni xanjarda so’yibsan,
Sevgidan sen hali qaytmasdan,
O’g’linga ismimni qo’yibsan.
Kuyadi sog’inchdan dillaring,
O’tadi sevgisiz yillaring,
Aytishga sog’inib tillaring,
O’g ‘linga ismimni qo’yibsan.
Bugun-chi bag’ringni o’yibsan,
Rosti chin hayotdan to’yibsan,
Asadbek deb muhabbat bilan
O’glinga ismimni qo’yibsan.
YETAR
Bo‘ldi yetar! Alam mendan
ketgin yiroq.
Sen boringda baxtlar menga
boqmayapti.
Yomonmassan, yaxshisan-ku,
lekin biroq,
Endi menga baxtsiz yurish
yoqmayapti.
Dunyo menga ko‘rinyapti
oq va qora,
Odamlardek kamalakni
ko‘rmoqchiman.
Taqdirimga bo‘lsa hamki,
berib pora,
Endi men ham baxtlilardek
yurmoqchiman!!!