Mangulik hur yo‘ldasan,
O‘ngidasan,so‘lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan,
Porla millat bayrog‘i.
Dunyoda mustaqil davlat sifatida tan olingan har bir davlatning o‘z ramzlari mavjud. Ramzlar davlatlarning tarixi va an’nanalarini,kelajagini namayon etadi. Jahon sahnasida mamlakatning yuzi,diplamatik aloqalar o’rnatish uchun zarur bo’lgan omil ramzlar sanaladi. Ramzlar davlatning bayrog‘i,gerbi,madhiyasini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston respublikasi mustaqil davlat bo’lib shakllanganidan so‘ng o‘zining davlat bayrog‘i,gerbi,madhiyasiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabr kuni Oliy kengashning navbatdan tashqari o‘tkazilgan 7 sessiyasida qabul qilingan.Davlatimiz bayrog‘i O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini mujassamlashtiradi. Mamlakat hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublikamiz tabiatiga xos xususiyatlarni,xalqimizning o‘zligini ham aks ettiradi.Erishilgan yutuqlarda,bayram-u tantanalarda,sport musobaqalarida albatta millat bayrog‘i hilpiraydi. Bayroq millatning iftixori, g‘ururi timsolidir.Shu tufayli har bir mustaqil bo‘lgan davlat o‘zlgiini namoyon qiluvchi ramzlar ila o‘z bayrog‘ini yaratadi.
Davlatimiz bayrog‘ning to‘rt xil ranggi katta ma’no anglatadi. Havo rang zangoru osmon va musaffo suv ramzidir.Moviy-havo rang Sharqda azaldan qadrlanadi.Buyuk Amir Temur ham o‘z bayrogida bu rangni tanlagan.Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir.Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘ lida baland dovonlardan o‘tishi kerak.Bayroqdagi oq rang O‘zbekiston Respublikasining tanlagan yo‘lining charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.Qizil rang- har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch,hayot ramzi.Yashil rang – serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli.Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analarini bildiradi.Yarim oy va yulduzlar musulmon mamlakatlarining islom diniga e’tiqodi,mukammallik elgisidir. Millat iftixori-bayrog’imizni yuksaklarda hilpiratmoq kelajagi buyuk bo‘lgan O‘zbekiston yoshlarining qo‘lidadir.
Iqboloy YAQUBOVA.
Qo’shko’pir tumanidagi 2-umumta’lim maktabda ijodiy-madan masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi.