Fan oyligi-bilim boyligi
Fan oyligi-bilim boyligi

Fan oyligi-bilim boyligi

373 marta ko'rildi

      Darhahiqat,  ustozning mehnati azal-azaldan xalqimizda ulug‘langan va e’zozlangan. Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida maktablarimizda ta’lim sifati, o‘qituvchilarning dars jarayonida innovatsion texnologiyalar asosida darslarni tashkil qilishlari o‘quvchi-yoshlarning  ilm olishga bo‘lgan qiziqishlarini , ishtiyoqlarini oshirishga xizmat qilmoqda. Jumladan,maktabimizda  “Xorijiy  tillar  oyligi” munosabati  bilan  oy  davomida  noan’anaviy  “Ochiq  darslar” o`tkazilib,  o`quvchilar  va  o`qituvchilarda  katta  taassurot  qoldirdi. Jumladan, ingliz   tili  fani  o`qituvchisi  Komilova  tomonidan  8-sinfda  ingliz  tili  fanidan  “ Book or e-book” mavzusida  darsni  yangi  pedagogik  texnologiyalar asosida  qiziqarli tashkil  etildi.  Dars davomida  faol  o`quvchilarga rag`bat  kartochkalari berib borildi.  O’yinlar tashkil qilindi.  Darsda barcha o’quvchilar faol qatnashdilar.   O’quvchilarni  o’zini  tutishi,   notiqligi, tirishqoqligi juda yaxshi. Dars  “a’lo”  deb  baholandi.

Ingliz tili  fani  o`qituvchisi  Anbarjon Qurbonboyeva  tomonidan     5-sinfda  ingliz  tili  fanidan  “ Midday ?Midnight” mavzusidagi  darsi qiziqarli va samarali bo’ldi. Dars  jarayonida  AKT vositalaridan unumli foydalanildi. Mavzu  hayot  bilan  va  fanlar  bilan  bog`landi. O`quvchilarning ishlari  nazorat  qilib  borildi. Dars  davomida  o`quvchilarning  siyosiy  bilimlari  ham  oshirilib  borildi  va  dars  “a’lo”  deb  baholandi.

Xalq  ta’lim  muassasalarida  fan  oyliklarni  o`tkazish  to`g`risidagi  qarori  biz  o`qituvchilarga  katta  mas’uliyat  yuklaydi,  bu  mas’uliyatni  his  qilgan  holda  o`sib  kelayotgan  yosh  avlodga  bilim  berishda  o`z  kuch-g`ayratiizni  ayamaymiz,  bundan  keyin  ham  o`z  faoliyatimizda  yetuk  komil  insonlarni  tarbiyalashga  harakat  qilamiz.

 

Adljon YOQUBOVA,

Qo’shko’pir tumanidagi 2-umumta’lim maktabining inliz tili fani o’qituvchisi.

 

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan