Maktablarda fan oyliklari
Maktablarda fan oyliklari

Maktablarda fan oyliklari

363 marta ko'rildi

Til bilgan –el biladi

Xalq ta’limi vazirligining buyrug’iga  asosan maktablarda  fan oyliklarini tashkil qilish va uni mazmunli o’tkazish borasida maktabimizda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.Noyabr oyi-“Rus tili va Xorijiy tillar fan oyligi”  sifatida belgilangan. Fan oyliklarini o’tkazishdan maqsad o’quvchi -yoshlarni xorijiy tillarga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirishga hamda ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish orqali mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan.

Fan oyligi doirasida maktabimizning fransuz  tili fani o’qituvchilari Adiljon Yaqubova, Maqsuda Qutlimurotova, Fotima Buratova, Saodat,Madaminovalar “Parlons francais”nomli tadbir o’tkazdilar.Tadbirda 1-sinf o’quvchilari ishtirokida “Bonjour”,”Hello” qo’shiqlari,6-sinf o’quvchilari “Sholg’om”ertagini, ijro qilishdi.

Fan oyligi yakunida Shahzoda Ismoilova, Anbarjon Qurbonboyeva, Guli Abdullayeva, Nafosat Abdullayevalar “Enjoy English” nomli tadbir o’tkazishdi. Tadbirda 5-sinf o’quvchilari  “Bo’g’irsoq” ertagi, inglizcha she’r va qo’shiqlar ,maqollar,sahna ko’rinishlari ijro qildilar.Tadbirimizda tumanimizning yoshlar ittifoqi raisi Manzura Xo’jayeva qatnashib,  o’quvchilarimizni, ustozlarimizni faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.Barchaga o’qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Bunday fan oyliklarini tashkil qilish tili o’rganilayotgan mamlakatning tilini ,balki xalqining turmush-tarzi ,urf-odatlari,adabiyoti va san’atini o’rganishda o’quvchilar uchun muhim ahamiyatga ega.

Maqsuda QUTLIMURODOVA,

Qo’shko’pir tumanidagi 2-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan