Yangi yilda yangicha ishlaymiz
Yangi yilda yangicha ishlaymiz

Yangi yilda yangicha ishlaymiz

327 marta ko'rildi

Mana Yangi 2022 yilga ham sanoqli kunlar qoldi. “Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” mamlakatimiz xalqi hayotida unutilmas voqealarga boy yil boʼldi.Garchi pandemiya sharoitida boʼlsakda yuksak marralarni koʼzlab mehnat qildik.Аyniqsa taʼlim sohasidagi islohatlar oʼz natijalarini berib farzandlarimiz respublika va jahon sahnalaridagi olimpiada va tanlovlarda yuqori pagʼonalarni egallab kelishayotganligi biz ustozlarni koʼnglini togʼday koʼtaradi.

Umumtaʼlim maktablarida ikkinchi chorak yakunlanib qishki taʼtil kunlari boshlanadigan kunlar ham yaqin.Men ishlayotgan umumtaʼlim maktabi oʼquvchi va pedagogik jamosi yangi 2022 yilni katta koʼtarinkilik bilan kutib olishmoqda.Oʼzim rahbarlik qilayotgan 3-sinf oʼquvchilarim ham ikkinchi chorakni aʼlo baholar va namunali xulq bilan nixoyaladilar.

Fan oyligi doirasida xamda bayramlarga bagʼishlab oʼtkazgan tadbirlarimiz va ochiq darslarimiz oʼquvchilar bilimini oshirishga va ularni maʼnaviyatli qilib taryalashimizga yordam beradi, albatta. Ushbu tadbir va ochiq namunaviy darslarda sinfimizning eng faol oʼquvchilaridan Nurbek Аllaberganov, Yulduz Jumaboeva, Jasmina Yoqubova, Umidbek Sharipovlar tengdoshlariga namuna boʼlishdi.

Hulosa qilib aytganda yangi yilni katta koʼtarinkilik bilan kutib olib yangi yilda yangicha oʼqish va ishlash bilan ishimizni davom ettiramiz.

Iqbol MАTYOQUBOVА,

 Hazorasp tumanidagi 10-umumtaʼlim maktabining boshlangich sinf oʼqituvchisi.

Ulashing:

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan